Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Anchelotti Endrik haqida berilgan savolga javob qaytardi

Anchelotti Endrik haqida berilgan savolga javob qaytardi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda “Palmeyras”dan jamoaga kelib qo‘shiladigan hujumchi Endrikning kelasi mavsumda qaysi jamoada harakat qilishi haqida gapirdi.

"Albatta, Endrik keyingi mavsumda asosiy jamoa a’zosi bo‘ladi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishi rahbariyatning Endrik borasidagi rejalariga ta’sir qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. 17 yoshli braziliyalik futbolchi boshqa jamoaga ijaraga berilishi mumkinligi aytilgandi.

"Real" bir yil avval Endrik uchun "Palmeyras"ga 45 million yevro to‘lagan.

Kiritildi: 17:14, 24.02.2024.
O'qildi: 2439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик