Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

Nukusdagi «Turon» stadionini ta’mirlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Nukusdagi «Turon» stadionini ta’mirlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston professional futbol ligasi ofisida Nukus shahridagi «Turon» stadionini ta’mirlash bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Assosiasiya va Liga vakillari hamda «Qishloqqurilishloyiha» mutaxassislari ishtirok etdi.

«Turon» stadionini ta’mirlash joriy yilda boshlanadi. Shu asosda «Qishloqqurilishloyiha» MCHJ loyiha smeta hujjatlarini tayyorlamoqda. Rejaga ko‘ra, stadion to‘liq yangilanishidan tashqari, hududning ort qismida yana 2 ta futbol maydoni barpo etiladi.

Ekologik vaziyatdan kelib chiqib, Nukus shahrida futbol uchrashuvlarini sun’iy qoplamali futbol maydonida o‘tkazish uchun ruxsat berilgan. Biroq bunda futbolchilar salomatligi hamda xalqaro bellashuvlarni qabul qila olish darajasidagi texnologiyadan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. FIFA talablariga javob bermaydigan sun’iy maydonda rasmiy uchrashuvlar tashkil etish uchun ruxsat etilmaydi.

Shundan kelib chiqib, Assosiasiya hamda Liga mazkur masala yuzasidan o‘z takliflarini kiritdi. Loyiha smeta hujjatlarin’i tayyorlash davomida «Qishloqqurilishloyiha» mazkur talabni inobatga olishi va bu borada mamlakat futboli uchun javobgar bo‘lgan tashkilotlar bilan rasman kelishishi belgilab olindi. Avvalroq Yoshlar siyosati va sport vazirligi ham mazkur masala O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi bilan kelishilishi lozimligini ma’lum qilgandi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, asosiy tribuna va uning ostida joylashishi ko‘zda tutilgan texnik hudud qanday bo‘lishi lozimligi, VAR hamda ko‘chma televizion stansiya joy oladigan hududlar, kiyim almashtirish va stadionga chiqish yo‘laklarida qanday talablar inobatga olinishi lozimligi belgilab olindi. Tomonlarning navbatdagi uchrashuvi «Turon» stadionining o‘zida bo‘lib o‘tadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:54, 26.02.2024.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.