"Fiorentina"ning argentinalik futbolchisi Lukas Martines Kuarta qorindagi og‘riq tufayli kasalxonaga yotqizildi, deb yozadi Radio Bruno.
Xabar qilinishicha, ispaniyalik futbolchi qorin og‘rig‘ini his qilgan. Shu boisdan ham u Florensiya jamoasi safida “Lasio”ga qarshi o‘ynaydigan o‘yinda "binafsharanglilar"ga yordam bermaydi.
Kuarte 27 yoshda va markaziy himoyachi sifatida o‘ynaydi. U "River Pleyt" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u Florensiya klubi safida A Seriyada bir nechta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda u to‘rtta gol urdi.