«Liverpul» tarkibida uchta o‘smir «Chelsi»ga qarshi Karabao kubogi g‘alabasi paytida maydonga tushdi, bu natijani avval, 2007 yilda «Arsenal» qayd etgandi.
«Kanonirlar» yosh istiqbollilarga imkoniyat berish borasida boy tarixga ega va bu, albatta, 2006-07 yilgi Liga Kubogida ham shunday bo‘lgan.
Biz 2007 yilgi Liga kubogi finalini yodga oldik va o‘yinni boshlagan «Arsenal»ning 21 yoshgacha bo‘lgan besh nafar futbolchisi haqida so‘z yuritamiz.
Teo Uolkott
Uolkott atrofidagi shov-shuvlar o‘sha paytda hammaning e’tiborida edi. 16 yoshida «Sautgempton»da o‘z mahoratini ko‘rsatganidan so‘ng, «Arsenal» 2006 yilda darhol uni sotib oldi.
U 2007 yilgi Liga kubogi finalida ajoyib zarbasi bilan hisobni ochgandi ammo, Drogba o‘yinni butkul «Chelsi»ning foydasiga hal qilib berdi.
Ushbu finalda «Arsenal» yoshlari qanchalik o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilmasin, Drogbaning dubli evaziga «Chelsi» Liga Kubogi g‘olibiga aylandi.
Biroq, finalda mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, Arsen Venger o‘sha paytda juda ko‘p yosh futbolchilarga imkoniyat bergani uchun ko‘plab muxlis va mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Qaysidir ma’noda, Uolkottning karerasi Ouennikini eslatadi. Iqtidorli vingerning faoliyatida jarohatlar juda katta minusga ishladi.
Umuman olganda, u klub safida 397 ta o‘yinda maydonga tushib, 108 ta gol urgan. Ehtiyotkorlik bilan o‘ylab, u 2023 yilda 34 yoshida nafaqaga chiqishga qaror qildi.
Denilson
2006 yilda «San-Paulu»dan Londonga ko‘chib o‘tgan Denilson tez orada «Arsenal»ning 2006-07 yilgi Liga kubogi musobaqasida o‘zi uchun nom qozondi.
Braziliyalik yarim himoyachi «Arsenal»da 7 yil faoliyat olib bordi va shu vaqt ichida 153 ta o‘yinda maydonga tushdi. 2013 yilda «Arsenal»dan ketganidan so‘ng, u keyingi yillarining ko‘p qismini Braziliyada o‘tkazdi.
Armand Traore
2007 yilgi Liga kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushganda qanot himoyachisi endigina 17 yoshda edi. Umuman olganda, Traore 2012 yilda qo‘yib yuborilgunga qadar klub safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Bugungi kunga kelib, Traore hali ham Venger haqida yorqin so‘zlar bilan gapiradi, ayniqsa frantsuzning o‘sha paytdagi ruhiy salomatlikka yondashuvi haqida.
«Arsenal»dan keyingi faoliyatida Traore «KPR», "Nottingem Forest", "Chaykur Rizespor" va "Kardiff Siti" klublarida o‘ynadi, ammo bu klublarning har birida doimiy o‘yinchi sifatida o‘zini namoyon qilish uchun kurashgan. Keyin u 2020 yilda 31 yoshida futboldan ketishga qaror qildi.
Sesk Fabregas
Shubhasiz, Premer-liga tarixidagi eng iste’dodli futbolchilardan biri. Fabregas «Arsenal»dagi dastlabki kunlaridan-oq o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu ro‘yxatdagi futbolchilar ichida Fabregas, albatta, eng muvaffaqiyatli martabaga ega bo‘ldi. Klub va terma jamoadagi faoliyatida jami 16 ta sovrinni qo‘lga kiritgan ispaniyalik pleymeyker deyarli taklif qilingan hamma narsani yutib oldi.
Abu Diabi
Martin Kioun Diabi haqida: "Abuning o‘yinlari xuddi Patrik Viyeyranikiga o‘xhab ketardi, unda o‘ziga xos qobiliyat bor edi".
Jarohatlar tufayli Diabyning eng yaxshi formasini ko‘ra olmaganimiz juda achinarli. Faoliyati davomida u 1747 kun jarohatda bo‘lgan, bu 4,7 yilga teng.