Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Olimpik" klubi a’zolari uchun seminar tashkil etildi

"Olimpik" klubi a’zolari uchun seminar tashkil etildi

Baho:
+ | -

Mavsum oldidan futbol klublariga "halol o‘yin” va yangilangan futbol qoidalarini tushuntirish borasida o‘tkazilib kelinayotgan seminarlar davom ettirildi. Bugun, 27 fevral kuni yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Olimpik" jamoasi uchun ham mana shunday seminar tashkil etildi. Unda jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi ishtirok etdi.

Seminarlarni tajribali hakamlar nazoratchisi Jahongir Saidov olib bordi. U o‘z tajribasidan kelib chiqib, seminar qatnashchilariga ma’ruza qildi. O‘z navbatida futbolchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan soha mutaxassisiga savollar yoʻllab, qoniqarli javob olishga erishdi.

Bunga qadar "Mash’al", "Buxoro", "Xorazm", "Navbahor", "Surxon", "Qo‘qon-1912", "Andijon", "Metallurg" hamda "Qizilqum" klublariga ham shunday seminarlar tashkil etib berilgan edi.

Kiritildi: 17:07, 27.02.2024.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик