Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Messi Instagram'da 500 mln obunachiga ega bo‘ldi

Messi Instagram'da 500 mln obunachiga ega bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 500 million obunachiga ega bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha argentinalik forvard “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, uning akkauntini 622 million foydalanuvchi kuzatib boradi.

Argentinalik futbolchidan keyin ijtimoiy tarmoqdagi eng mashhur odamlar ro‘yxatida qo‘shiqchi Selena Gomes (429 million), model Kayli Jenner (400 million) va aktyor Dueyn Jonson (396 million) joy olgan.

Messi 2023 yilning iyulida erkin agent sifatida "Inter Mayami"ga o‘tgan edi. Argentinalik futbolchi Amerika klubi safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 36 yoshli futbolchi bilan birgalikda jamoa Liga kubogini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 00:56, 29.02.2024.
O'qildi: 1156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.