Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Ilhom Xanjariyev: «Dastlabki o‘yinga ko‘p narsa bog‘liq»

Ilhom Xanjariyev: «Dastlabki o‘yinga ko‘p narsa bog‘liq»

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Xanjariyev U-20 ayollar Osiyo kubogi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Jamoaning tayyorgarligi haqida

– Osiyo kubogiga bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rdik. 2022 yilda ushbu turnir mamlakatimizda o‘tkazilishi aniq bo‘lgan va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan reja ishlab chiqilgan edi. 2023 yil fevral oyida Xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashdik, mart oyida Tailandda o‘tgan Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etdik. Iyul oyida Minsk shahrida Belarus terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushdik. Noyabr oyida esa Koreya Respublikasi terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Umuman olganda 2023 yildagi tayyorgarlikdan so‘ng Osiyo kubogida ishtirok etadigan tarkibning deyarli 90 foizi tanlab olindi. 2024 yildagi yig‘inlarda futbolchilarning funksional hamda jismoniy tayyorgarligiga ko‘proq urg‘u qaratdik. Hozirda barcha o‘yinchilar optimal holatda. Ushbu musobaqa mamlakatimizda ayollar futboli yanada rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Tarkibdagi futbolchilar haqida

– O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi tarkibida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining yakuniy saralash bosqichi doirasida Avstraliyaga qarshi uchrashuvda ishtirok etgan yetakchi futbolchilarimiz Osiyo kubogi boshlanguniga qadar jamoaga qo‘shilishadi. Ular optimal holatda yetib keladi deb o‘ylayman. Ulardagi muammo faqat uzoq masofali parvozlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ochilish uchrashuvi va Xitoy Taypeyi terma jamoasi haqida

– Turnirdagi birinchi uchrashuvni 3 mart kuni Xitoy taypeyi terma jamoasiga qarshi o‘tkazamiz. Bu jamoa so‘nggi yillarda ancha o‘sishga erishdi. Tailandda o‘tgan Osiyo kubogi saralash bosqichida ham ushbu jamoaga qarshi bahs olib bogan edik. O‘sha o‘yindan kelib chiqqan holda ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilib boryapmiz. Dastlabki o‘yinga ko‘p narsa bog‘liq, undagi natija musobaqa kayfiyatini belgilab beradi.

Jamoaning turnirdagi maqsadi haqida

– Turnirda nafaqat Osiyo, balki jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Yaponiya, KXDR, Koreya Respublikasi, Xitoy va Avstraliya singari jamoalar ham g‘oliblik uchun kurashadi. Bizni oldinda juda muhim o‘yinlar kutib turibdi. O‘z uyimizda o‘yin o‘tkazishimiz, bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Guruh bosqichida yaxshi natija qayd etib, Jahon chempionatiga yo‘llanma olish eng asosiy maqsadimizdir.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:30, 29.02.2024.
O'qildi: 1720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик