Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

«Prague Masters». Nodirbek Abdusattorov 3-turda mezbon shaxmatchini mag‘lub etdi

«Prague Masters». Nodirbek Abdusattorov 3-turda mezbon shaxmatchini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha "Prague Masters" xalqaro musobaqasida bugun 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bu turda chexiyalik David Navaraga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Hamyurtimiz o‘yin debyutidan ustunlikni qo‘lga olib, o‘z imkoniyatlarini yaxshilab bordi. Hamyurtimiz 19-yurishda bahs taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin edi, ammo u eng kuchli yurishni topa olmadi. Shunda ham ustunlik Nodirbek tomonida qoldi.

21-yurishdan boshlab esa Abdusattorov noaniqliklarga yo‘l qo‘ya boshladi. Buning oqibatida dastlab vaziyat tenglashdi, 28-yurishga kelib esa Navara yutuqli vaziyatga ega bo‘ldi. Ammo David kuchli yurishni topa olmagani yetmaganidek juda katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Abdusattorov esa darhol qarshi zarbani berib, vaziyatni 180 gradusga o‘zgartirdi va 36-yurishga kelib g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Nodirbek ushbu g‘alaba tufayli ochkolarini 2,5 taga yetkazdi va jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Eronlik Parham Maqsudlu hisobida ham shuncha ochko bor. Abdusattorov ertaga Domaradju Gukesh (Hindiston)ga qarshi oq donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:16, 29.02.2024.
O'qildi: 1280 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.