«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Monako»ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida Kilian Mbappe nima uchun zaxiraga olinganiga izoh berdi.
– Mbappeni jarohatdan ehtiyot qilish maqsadida zaxira oldingizmi yoki bu taktik yurishmi?
– Bu yuz foiz murabbiy qarori. Ertami-kechmi biz Kiliansiz o‘ynashni o‘rganishimiz kerak. Bu jamoa manfaati uchun qabul qilingan qaror.
– Avval, jarohat bilan bog‘liq vaziyatlarni inobatga olmaganda, siz Mbappeni hech qachon zaxiraga olmasdingiz. Mbappe bilan qandaydir muammo bormi? U maydonga tushmasa jamoada g‘alaba qozonish uchun imkoniyat oshadimi?
– Menga bunday "o‘yin"lar kerak emas. Men professionalman. Muammolar yo‘q. Nazarimda, bu jamoa uchun eng yaxshi qaror.