Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

BAA chempionpati. O‘zbek derbisida kim g‘alaba qozondi (videosharh)

BAA chempionpati. O‘zbek derbisida kim g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -

Kecha BAA chempionatida "Horfakkan" va "Shabab al-Ahli" jamoalari o‘rtasidagi "o‘zbek derbisi"da dubayliklar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonganidan xabaringiz bor.

Uchrashuvni Abdulla Abdullayev va Aziz G‘aniyev asosiy tarkibda boshlashgan bo‘lsa, Aziz Amonov o‘tgan o‘yindagi goliga qaramasdan zaxirada qoldirildi. O‘yinning 4-daqiqasida "Horfakkan" himoyachisi Adil Sabilning chetlatilishi natijasida har ikkala o‘yinchimiz 1-bo‘limdan keyinoq almashtirildi.

Mezbonlar himoyani mustahkamlash uchun Abdullayev o‘rniga nominal himoyachi Xalifa Muborakni tushirishgan bo‘lsa, dubayliklar hujumni kuchaytirish uchun G‘aniyev o‘rniga isroillik hujumchi Munas Dabburni maydonga tushirishdi. Yana bir hamyurtimiz Amonov esa o‘yinning 67-daqiqasiga kelib zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

"Shabab al-Ahli" ustozi Marko Nikolich o‘yinni 2 ta tayanch yarim himoyachisi - G‘aniyev va tarkibga yaqinda qo‘shilgan eronlik Izzatullohiy bilan boshlagan edi. Nikolich raqibning bir kishi kam bo‘lib qolganidan foydalanish maqsadida tayanch yarim himoyachilardan birining o‘rniga hujumchi tushirishga qaror qildi. Murabbiy maydonda G‘aniyevni emas, Izzatullohiyni qoldirishi - balki, Azizbekning o‘yin boshidagi sariq kartochkasi bilan bog‘liqdir.

Izzatullohiyning transfermarketdagi narxi 500 ming AQSH dollarini tashkil etar ekan. Ikkita Jahon chempionati hamda Yevropa chempionlar ligasi musobaqalarida to‘p surgan futbolchining nima sababdan mashhur saytda bunchalik past baholanishi biz uchun qorong‘u. Yagona taxminimiz - Said Izzatullohiyning agenti ya’ni otasi Nodir Izzatullohiy transfermarkt.com bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘ymagan ko‘rinadi.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 15:55, 02.03.2024.
O'qildi: 1941 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.