Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

"Brayton" De Dzerbi uchun tovon pulini to‘liq olmoqchi

"Brayton" De Dzerbi uchun tovon pulini to‘liq olmoqchi

Baho:
+ | -

"Brayton" Roberto De Dzerbini tovon pulini to‘lib olmaguncha qo‘yib yubormaydi.

Oldinroq "Barselona" Xavi o‘rniga italiyalik mutaxassisni tayinlashdan manfaatdor ekanligi ma’lum bo‘lgandi. De Zerbining nomzodi borasida klub rahbariyati o‘rtasida ma’lum bir kelishuv mavjud.

Kataloniyaliklar Roberto ularning taklifini tinglashga tayyorligini bilishadi, biroq uning shartnomasida tovon puli ko‘rsatilgan - 15 million yevro. "Brayton" boshqa klublar bilan muzokaralar chog‘ida uni qisqartirish niyatida emas.

Hozirda "Barselona" bunday tovon to‘lash imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti - klub bu murabbiyga bosimni kuchaytiradi deb hisoblamoqda. Qolaversa, «Barselona»dagi hozirgi moliyaviy vaziyatni hisobga olsak, bu qadam o‘rinli ko‘rinmaydi.

44 yoshli mutaxassis xizmatlariga "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda. "Barselona"dagilarning fikricha, murabbiy o‘z klubiga ustunlik beradi, ammo "qizillar"ning taklifi ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin. "Mersisaydliklar" "Brayton"ga tovon puli to‘lashga tayyor.

De Dzerbining "chayqalar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:23, 02.03.2024.
O'qildi: 1745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.