Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Mansano nima uchun Bellingemga qizil kartochka ko‘rsatganiga izoh berdi

Mansano nima uchun Bellingemga qizil kartochka ko‘rsatganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Valensiya» - «Real» uchrashuvini (2:2) boshqargan hakam Xesus Xil Mansano «qaymoqranglilar» yarim himoyachisi Jud Bellingemga nima uchun qizil kartochka berganini tushuntirdi.

«99-daqiqada Jud Bellingem quyidagi sababga ko‘ra maydondan chetlatildi: o‘yin yakunlanganidan keyin futbolchi mening yonimga keldi va tajavvuzkor ohangda bu gapni bir necha marta takrorlagan holda baqirdi: «Jin ursin, axir bu gol».

Eslatib o‘tamiz. Bellingem o‘yin yakunlanganidan keyin hakam bilan tortishgani uchun maydondan chetlatildi.

Ma’lumot o‘rnida. 99-daqiqada «Real» yarim himoyachisi Bellingem jamoadoshi Brahim Diasning uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo Xesus Xil Mansano uzatma berilgan paytda hushtak chalib, o‘yinni yakunlab qo‘ygani uchun golni inobatga olmadi. Bu esa "Real" futbolchilarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:05, 03.03.2024.
O'qildi: 15779 marta.
Fikrlar: 64 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик