Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Aleksandr Xomyakov: "G‘alaba ishtiyoqida maydonga tushgandik"

Aleksandr Xomyakov: "G‘alaba ishtiyoqida maydonga tushgandik"

Baho:
+ | -

OKMK – “Andijon” (0:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining birinchi qismida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

"Barcha muxlislarni, OKMK va “Andijon” jamoasini ham yangi mavsum boshlangani bilan tabriklab qolaman. Aytishim mumkinki, har bir jamoani ko‘zlagan maqsadi doim ham amalga oshavermaydi. Umumiy ma’noda aytganda, hissiyotlarga boy o‘tgan o‘yindagi natija yaxshi bo‘ldi, deb o‘ylayman. Jangovar o‘yin kechdi. Hamma hissiyotlarga berildi, hatto menda ham o‘yin davomida hissiyotlar yuz berdi. o‘z o‘rnida jamoamdan g‘alaba kutgandim. G‘alaba ishtiyoqida maydonga tushgandik. Biz o‘ylagan reja amalga oshmadi. Hujumlarimiz yomon bo‘lmadi. Ammo ko‘zlagan natijaga erisha olmadik. Bir marta himoyachining xatosi tufayli yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgandik va gol urishimiz mumkin edi. Afsuski, foydalana olmadik. Raqib ham xavfli vaziyatlarni tashkil qildi. Darvozabonimiz esa yaxshi harakat qildi. Bu o‘yinga baho berish ancha qiyin. Chunki xotirjam bo‘lib, o‘yinni boshidan ko‘rib chiqish kerak. Asosiysi, safardagi uchrashuvda bir ochkoni qo‘lga kiritdik va oldinga intilishda davom etamiz.

-Demak, bugungi natijadan qoniqdingizmi?

-Ha, natijadan qoniqdim. Ikkinchi taymda raqib bir qator hujumlarni uyushtirdi. Biz bunda yaxshi himoyalandik va qarshi hujumlarda o‘ynashga harakat qildik. Yigitlar xarakter ko‘rsatib, topshiriqlarimni bajarishgani uchun xursandman. Hisobni saqlab qoldik va bir ochkoga ega bo‘ldik" - Aleksandr Xomyakov.

Kiritildi: 18:45, 03.03.2024.
O'qildi: 1501 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик