Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

"Real" hakamlarning xatolarida "Barselona"ni ayblamoqda

"Real" hakamlarning xatolarida "Barselona"ni ayblamoqda

Baho:
+ | -

"Real" "Valensiya" bilan o‘yindagi hakamlik mojarosini "Barselona"ning qilmishini oqibati deb hisoblamoqda.

La Liganing 27-tur uchrashuvining 99-daqiqasida bosh hakam Xesus Xil Mansano madridliklarning uchinchi goli kiritilishidan bir necha soniya oldin yakuniy hushtagi chaldi va o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

"Real Madrid" so‘nggi oylarda Negreyra bo‘yicha olib borilayotgan tergovni hisobga olib, hakamlik mojarolariga ancha sezgir. So‘nggi turlardagi voqealar madridliklarning hakamlarga nisbatan g‘azabini oshirdi, deb yozadi AS nashri.

"Valensiya" bilan o‘yinning 99-daqiqasidagi epizoddan so‘ng, g‘azab eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Klub nafaqat bu qarordan, balki Jud Bellingemning "La’nati, bu gol-ku!" degan iborasi uchun chetlatilganidan ham g‘azabda. "Real Madrid" yarim himoyachi hakamni haqorat qilmaganini ta’kidlab, o‘yindan keyingi xabarda Mansano Jud unga nisbatan tajovuzkorlik ko‘rsatganini yozganidan hayratda. Ushbu so‘z qizil kartochkaga shikoyat qilish jarayonini jiddiy ravishda murakkablashtirishi mumkin.

"Real Madrid" rahbariyati nima bo‘lganiga tushunmayapti va hakamlarning so‘nggi turlardagi bahsli qarorlari "Barselona"ga foyda keltirgan va Madridga zarar keltirganidan shubhalanmoqda.

"Valensiya" bilan o‘yindan so‘ng "Real" "Barselona"ni chempionlik uchun kurashga "qaytarmoqchi" ekanini muhokama qildi. Joan Laporta va Xavining hakamlarga qilgan hujumlari burilish nuqtasi sifatida baholanmoqda: bir oy oldin ular La Liganing adolatliligiga shubha bildirishgan. "Real Madrid"ning fikricha, "Barselona"ning bayonotlaridan so‘ng Madridga ikki tomonlama standartlar qo‘llanila boshlandi. Bu, "Real"ning fikriga ko‘ra, jamoaga 6 ochko olib kelishi mumkin edi.

"Real Madrid"ning fikricha, Laporta va Xavining so‘zlaridan keyin hakamlar ishidagi tendensiyani bevosita kuzatish mumkin. Shu tariqa, madridliklar "Atletiko" bilan o‘yinlarda unga qarshi xatoga yo‘l qo‘ygan deb hisoblamoqda (klubning fikricha, hakam Diyego Simeone jamoasi darvozasiga uchta penalti belgilashi mumkin edi). "Agar derbida "Atletiko"ga foydasiga berilgan uchta penalti ko‘rib chiqilmasa, ertasi kuni ular o‘n marta monitorda o‘tishardi", - deydi "Real"dagilar.

Madridliklar so‘nggi ikki turda hakamlar "Barselona" foydasiga qaror qabul qilganiga gumon qilishmoqda. Gap "Selta" bilan g‘alabali o‘yin haqida ketyapti, Robert Levandovski 93-daqiqada penaltini noaniq amalga oshirdi, hakamlar esa Rafinyaning jarima maydonchasiga yugurib kirishiga e’tibor bermadi.

Kiritildi: 19:47, 03.03.2024.
O'qildi: 5311 marta.
Fikrlar: 47 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик