Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Vesko Steshevich: "Mavsumni bir ochko bilan boshladik"

Vesko Steshevich: "Mavsumni bir ochko bilan boshladik"

Baho:
+ | -

Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "Metallurg" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Afsuski, g‘alabani saqlab qola olmadik. Bunda majburiy o‘zgarishlar ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Chempionatni bir ochko bilan boshladik. Menimcha, yomon harakat qilmadik.

Mezbonlar ham ikkita, biz ham ikkta to‘p kiritdik. Shunday ekan, natija adolatli. Ammo, o‘yin jihatdan raqibdan ustunroq harakat qildik.

O‘rinboyev tezroq safga qaytishini juda ham istaymiz. Biroq, avval tiklanishi lozim. Ishonamanki, oy so‘nggida tarkibga qaytadi. U faqat futbolchi sifatida emas, sardor sifatida ham bizga juda ham zarur.

So‘nggi 10 daqiqalikda nega sustkashlikka yo‘l qo‘yganimiz menga ham qiziq. Buni futbolchilardan albatta so‘rayman.

Jorjevich bundan yaxshi harakat qilishi mumkin edi. Ammo, bu uning debyut bahsi. Biz uning baland bo‘yidan standart vaziyatlarda foydalanishni maqsad qilganmiz.

Asosiy maqsadimiz mavsumni o‘tgan yilgidan yaxshi o‘tkazish. Biroq yuqorida ta’kidlaganimdek, tarkibimizda ko‘plab yo‘qotishlar mavjud", dedi Steshevich.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:05, 04.03.2024.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик