Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Anxel Lopes, Marca va Abbos Fayzullayev...

Anxel Lopes, Marca va Abbos Fayzullayev...

Baho:
+ | -

SSKA o‘yiniga zo‘r kirishib ketish asnosida keng jamoatchilik nazariga tushgan Abbos Fayzullayev Osiyo kubogi-2023dagi tetik ishtiroki bilan o‘ziga nisbatan e’tiborni yanada kuchaytirgani rost.

Qit’aning eng nufuzli musobaqasida ilk marta qatnashgan 20 yoshli hujumkor futbolchimiz 2ta gol va 1ta assist qayd etishdan tashqari, faolligi bilan ajralib turdi. Jumladan, Ispaniyada 2 million 300 ming nafardan ko‘p o‘quvchiga ega mashhur Marca gazetasi (nashrning rasmiy saytini 3 million 115 mingdan ortiq kishi kuzatib boradi) ham Abbos Fayzullayev va o‘zbek futboli haqida maqola tayyorladi. Ispaniyalik jurnalistlar bunda 2022 yili «Surxon» bosh murabbiyi rolida ishlagan Anxel Lopes tahliliga tayanishdi. Zero, faoliyati davomida BAA va Xitoyda ham ishlagan bu mutaxassis Osiyo futboli bo‘yicha muayyan tajribaga ega. Xullas, sports.uz portali marca.com saytida berilgan shu maqolaga alohida e’tibor qaratdi.

***

O‘zbekiston haqida gap ketganida, Buyuk ipak yo‘li asosiy etalon sifatida gavdalanadi. Mana, bu mamlakat futbolda ham shuhrat qozonmoqda. Eng mashhur futbolchisi - ijara kelishuvi bo‘yicha «Roma»dan «Kalyari»ga o‘tgan Eldor Shomurodov jarohat tufayli Osiyo kubogida qatnasholmadi. Qatardagi musobaqada esa «oq bo‘rilar» safida Abbos Fayzullayev ko‘zga tashlandi. Kichik jussali, bo‘yi atigi 167 santimetrga teng Moskvaning SSKA klubi hujumkor vakili 1 yil oldin O‘zbekiston U-20 terma jamoasini Osiyo chempionatida g‘alaba sari yetaklagandi. Bunaqasi mamlakat futboli tarixida ilk marta yuz berdi. O‘sha turnir yakunida eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etilgan Abbos keyinchalik «Paxtakor»dan SSKAga ko‘chib o‘tdi. Transferi atigi 500 ming yevroga baholangan futbolchi RPLda bir urinishda haqiqiy shov-shuv ko‘tardi - jami 18ta o‘yinda 2ta gol va 9ta assist. Umuman, Abbos Osiyo kubogida ham jamoasini o‘z ortidan ergashtirdi. U jumladan, guruh bosqichida Hindiston termasi darvozasiga gol urdi, nimchorak final bahsida esa tailandliklarni ranjitib, o‘zbeklarni chorak final sari boshladi. 1992 yili Yevropa Chempionlar kubogi finalida «Barselona»ga qarshi o‘ynagan afsonaviy «Sampdoriya»da muhim ijrochi sanalgan Srechko Katanes hali to‘liq ishlov berilmagan «olmos»ni o‘z ixtiyorida saqlab turibdi. Hozirda Gresiyaning «Volos» jamoasini boshqarayotgan ispaniyalik Anxel Lopes esa bu yigitchani yaxshi biladi. U «Surxon»da ishlagan vaqti Abbos Fayzullayev bilan uchrashgan. «Ha, uni juda yaxshi eslayman, chunki «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda 2:2 hisobida durangga erishganimizda, Abbos darvozamizga gol urgandi. Yigitchada yaxshi sifatlar yetarli: zarbasi zo‘r, o‘yin intellekti yuqori, vaziyatlarni nozik ilg‘aydi», - deydi Anxel Lopes.

*** 

- Umuman, Anxel Lopesning aytishicha, o‘zbek futbolida ijobiy xususiyatlar yetarli: «O‘zbek yigitlari juda raqobatbardosh. Ular mentalitet bo‘yicha Osiyoning aksariyat mamlakatlari vakillaridan farqli ravishda, Lotin amerikaliklarga o‘xshashadi. Futbolga ishtiyoq baland, gol urishadi, kurashaverishadi. Shu ma’noda Abbos Fayzullayev ham eng kuchli talab va bosimlarga javob beradi. U «Paxtakor»­da tahsil olgan. Bu jamoa O‘zbekistonda «Real» darajasida. Abbos bolaligidan xalqaro musobaqalarda o‘ynash va g‘olib chiqishga ko‘nikkan». Ispaniyalik murabbiy Fayzullayevning SSKAdagi faoliyatini ham maqtadi: «Fayzullayev ancha kuchli ligaga ko‘chib o‘tdi va yuqori saviyada o‘ynayapti. Adashmasam, Rossiyada kamida 3 marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga ulgurdi. Menimcha, Abbosning salohiyati kuchli ligalarga sakrash uchun yetarli. Balki Ispaniyaga kelar, nega endi bu yerda o‘ynamasligi kerak?»

*** 

Portugaliyalik taniqli agent Paulu Barboza esa Rossiyaning metaratings.ru saytiga bergan intervyusida Abbosning Yevropada o‘ynash imkoniyatiga baho berdi: «Abbos Fayzullayev hammaning diqqat markazida turganida, SSKA uni sotish haqida o‘ylashi mumkinmi? Aniq gap aytish qiyin. Hammasi klubning Fayzullayev o‘rnini bosadigan futbolchi topa olishiga bog‘liq. Yana bir muhim masala — Abbos uchun qancha so‘rash kerak? Hozir transferlar bozori yopiq. Demak, ayni pallada variant­lar ko‘p emas. Ehtimol, Xitoy va AQSH variantlari bordir, lekin bu qanchalik foydali? Umuman, Fayzullayevning Yevropada o‘ynab ketishiga ishonaman. Agar hozirgi sur’atini pasaytirmasa, transfer uchun hali imkoniyat yetarlicha bo‘ladi. Boradigan joyida raqobatni qay darajada yengib o‘tishi esa boshqa masala. Eng avvalo, shu savolga javob topish kerak», - dedi Paulu Barboza.

*** 

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq hujumchisi Ja’far Irismetov ham Rossiya nashr­lariga bergan intervyusida Abbos Fayzullayevning OK-2023dagi ishtirokiga to‘xtaldi. «U 3ta o‘yinni o‘z darajasida o‘tkazdi. Lekin hujum markaziga qo‘yishganida, biroz yo‘qolib qoldi. To‘g‘risi, Abbosdan ko‘prog‘ini kutgandim. Balki bosim xalaqit bergandir. O‘ylashimcha, murabbiylar unga yetarli erkinlik berishmadi. Bunday futbolchini aniq bir pozisiyaga bog‘lab qo‘yish yaramaydi. Shaxsiy fikrimcha, Fayzullayev yanada yorqinroq o‘ynay oladi. Umuman, birinchi yirik turnir uchun ishtiroki yomon chiqmadi. U yaqin kelajakda terma jamoaning haqiqiy yetakchisiga aylansa, ajabmas», - dedi vaqtida «Spartak» (Moskva) sharafini himoya qilgan hamyurtimiz.   

*** 

Rossiyalik taniqli murabbiy Aleksandr Tarxanovning fikricha, Abbos Fayzullayev Yevropa tomon shoshilmay turgani ma’qul. «Abbos nafaqat Osiyo kubogi, balki SSKAda ham yaxshi o‘ynadi. Sifatli, texnik salohiyati baland va intellekti yuqori yigit. Hamma uning SSKAda o‘ynab ketishiga shubhalangan edi. Yigitcha esa darhol o‘zini ko‘rsatishga tushdi. Ko‘ramiz, mavsumning ikkinchi qismida qanday ishlarkin? Rossiya jamoalarining yevrokuboklardan chetda qolayotgani achinarli. Agar xalqaro o‘yin­lar bo‘lganida, Fayzullayev o‘zini yaqqolroq namoyon etarmidi? Shunda ham uni kuzatishayotganiga aminman, chunki Osiyo chempionatida yaxshi o‘ynadi. Ha, O‘zbekiston termasi finalga chiqolmagan bo‘lsa-da, Abbos ajralib turdi, baribir. Yana gollar ham urdi. Lekin shaxsiy fikrimcha, Fayzullayev shoshilmasligi, tajriba oshirish uchun SSKAda qolishi, loaqal yana bir mavsum shu yerda o‘ynashi kerak» - bu vaqtida «Paxtakor»da ham ishlagan Tarxanovning umumiy fikri.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 04.03.2024.
O'qildi: 8944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.