Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Top klublar "yangi Maskerano"ga qiziqish bildirmoqda

Top klublar "yangi Maskerano"ga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Portu"ning argentinalik 22 yoshli yarim himoyachi Alan Varelaga "PSJ", "Liverpul" hamda "Borussiya Dortmund" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.

Futbolchi o‘tgan yozda Portugaliya klubiga kelib qo‘shilgandi, biroq manbaga ko‘ra, u allaqachon futbol mutaxassislari va muxlislari orasida yaxshi taassurot qoldira olgan. O‘yinchi bir necha bor o‘z jamoasi o‘yinlarida eng yaxshi deb topilgan va "yangi Maskerano" laqabini ham olgan.

Portugaliya klubi o‘z futbolchisini 70 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborish niyatida emas. Bundan tashqari, uning sobiq klubi argentinalik "Boka Xuniors" ham futbolchining sotilganidan ma’lum foizini olishi xabar qilingan.

Varela "Portu" safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 14 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 12:49, 07.03.2024.
O'qildi: 1143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.