“Napoli” yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya manfaatlarini himoya qiluvchi agent Mamuka Djugeli futbolchining kelajagi haqida gapirdi.
“Biz “Napoli” bilan muzokara olib bormoqdamiz. U klubni yozda tark etadi, agar ular rad etishning iloji bo‘lmaydigan darajada katta miqdorda pul olishsa. Aniq summani taxmin qila olmayman. May oyining oxiriga qadar hammasi aniq bo‘ladi", - dedi Djugeli La Gazette Dello Sport nashriga.
23 yoshli gruziyalik futbolchi 2022 yilning yozidan buyon "Napoli"da to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.