Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Timur Kapadze: «Jasur Jaloliddinov individual mahorati evaziga har bir jamoani kuchaytira oladi»

Timur Kapadze: «Jasur Jaloliddinov individual mahorati evaziga har bir jamoani kuchaytira oladi»

Baho:
+ | -

«Olimpik» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— O‘yin yaxshi o‘tdi, har ikki jamoa ham o‘z rejasi bilan tushgani ko‘rindi. Birinchi uchrashuvdan keyin biz ham ularni o‘rgangandik. O‘z navbatida ular ham jamoamizni o‘rgangan bo‘lishi kerak.

Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ldi.

Ularning futbolchisi Saidazamat Mirsaidovga zarba berib qoldi, uning burni sindi. Alam qilayotgani - o‘z o‘yinimiz sabab yutqazganimizda ham mayli edi. Ba’zi sabablar yigitlar ruhiyatiga ta’sir qildi.

Hakamga katta e’tiroz yo‘q, u yosh hakam. VARda esa tajribali hakam o‘tirgandi. U vaziyatni ko‘rib chiqqan holda xulosa qilishi kerak edi.

— Jasur Jaloliddinov o‘tgan yili maydon markazida katta hajmda ish bajarayotgandi. Uning yo‘qligi bilinib qolmoqda...
— Jasurning o‘rni albatta o‘zgacha. U individual mahorati evaziga har bir jamoani kuchaytira oladi. Uning o‘rnidagi boshqa yigitlarimiz ham yomon o‘ynashayotgani yo‘q. O‘yindan-o‘yinga ular kuchayib borishadi. Ular yaxshi o‘ynashdi.

O‘yin oson o‘tmadi, bunday himoyani yorib o‘tish uchun individual mahorat va boshqa jihatlar kerak bo‘ladi. Ammo bugun kamida bitta golli vaziyat yaratgandik. Afsuski gol ura olmadik va penaltidan gol o‘tkazib yubordik.

— "Olimpik" raqibdan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgandek ko‘rindi. Nima sababdan futbolchilaringiz uzoqdan zarba bermay, darvoza tomon yorib kirmoqchi bo‘lishdi?
— To‘g‘ri aytasiz. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu narsadan maydonda o‘zimning ham jahlim chiqdi. Bu tajriba orqali keladigan narsa. Ba’zi vaziyatlarda uzoqdan zarba berish orqali hujumni yakunlash mumkin edi.

Zarba bermasa qanday gol urish mumkin? O‘yin darajasi, yoki boshqa jihatlar balki yigitlarga ta’sir qilgandir. Mavsum endi boshlandi. Mamasidiqov ham jarohatdan endi qaytdi.

Ba’zi yo‘qotishlarimiz bor - markaziy hujumchilarimizning ikki nafarida jarohat bor. Bugun yosh himoyachimiz Behruz Jumatovni maydonga tushirdik. U o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. U uchun xursandman. O‘yinni buzib qo‘ymay, yaxshi o‘ynab berdi.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 22:32, 09.03.2024.
O'qildi: 1990 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик