Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Chempionlik seriyasi yoxud «oltin davr»

Chempionlik seriyasi yoxud «oltin davr»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Qiziqarli mavzu: Yevropaning kuchli 5ta ligasida ketma-ket chempionlikka erishish bo‘yicha qaysi klublar oldinda?

Hamkasblarimiz joriy mavsum yakunida qayd etilishi ehtimoli katta bo‘lib turgan 2ta voqelik tufayli bu boradagi statistikani ko‘rib chiqishdi. Qiziq, gap qaysi hodisotlar haqida ketmoqda?

1). «Manchester Siti» APLda qatorasiga 4-chempionlikni rasmiylashtirib, bu borada mutlaq rekord o‘rnatishi mumkin.

2). «Bavariya»ning 11ta mavsumga cho‘zilgan chempionlik seriyasi uzilishi mumkin.

Fransiya (Liga 1) «Lion» - ketma-ket  7 karra chempion

Fransiyada «PSJ» gegemoniyasi boshlanishidan oldin mamlakat futboli havosini «bolalar» («Lion»ning laqabi) belgilashgan. Aniqroq aytsak, ular 2001/2022-2007/2008 yillar mavsumlari oralig‘ida Fransiya bosh ligasining mutlaq bayroqdori sanalishgan. O‘sha davr «Lion» tarkibida ko‘plab yorqin ijrochilar jamlanishgandi: Juninyo Pernambukano, Sidney Govu, Erik Abidal, Karim Benzema, Maykl Essyen, Floran Maluda, Maxamadu Diarra, Fred, Kris, Patrik Myuller. «PSJ»ning chempionlik seriyasi bo‘yicha rekordi esa 4 mavsumga teng bo‘lib, bunga 2016/2017 yillar birinchiligida Kilian Mbappe va Radamel Falkaosi bor «Monako» chek qo‘ygan edi. Mavsum-2020/2021 yakunida esa Parij grandining 3ta chempionlikdan iborat yurishini «Lill» uzib qo‘ydi. «PSJ» hozir ham ketma-ket 3-«oltin marra»ga yaqin, yana Fransiyaning eng sovrindor klubi bo‘lishga ham.

Italiya («A» seriya) «Yuventus» - ketma-ket 9 karra chempion

Turin superjamoasi o‘z tarixidagi eng yorqin boblardan birini yangigina «Yuventus Stedium» stadionida yoza boshladi. Aniqroq aytsak, «keksa sinyora» 2011-2020 yillar oralig‘ida Italiya futbol taxtiga hech kimni yaqinlashtirmadi - mutlaq hukmronlik. Bu orada Lombardiya drujinasining asosiy raqiblari inqirozdan chiqish yo‘llarini qidirishdan nariga o‘tolmadi. Alohida aytish joiz, «Yuve» ushbu yurishini «A» seriya-2011/2012ni mag‘lubiyatsiz yakunlash asnosida boshlagandi.

Ispaniya (La Liga) «Real» - ketma-ket 5  karra chempion (2 marta)

Ispaniyada chempioncha yurish bobida «Real»ga yetadigani yo‘q. Qolaversa, «Qirollik klubi» chempionat tarixidagi eng uzun seriyani 2 marta qayd etgan - 1960/1961-1964/1965 va 1985/1986-1989/1990 yillar mavsumlarida ketma-ket 5 martadan «oltin marra». Bunday muvaffaqiyatning birinchisi afsonaviy Alfredo di Stefano va Ferens Pushkash davriga to‘g‘ri keladi. Ayt­gancha, Pushkash o‘sha vaqt Ispaniya chempio­natining eng yaxshi to‘purariga atalgan «Pichichi» sovrinini 3 marta qo‘lga kiritgan. Ikkinchi seriya esa ispaniyalik sport jurnalisti Xulio Sezar Iglesias tomonidan berilgan «La Kinta del Buitre» ta’rifi bilan ham mashhur. Bunisiga «Real» yoshlar jamoasidan chiqqan Emilio Butragenyo, Manuel Sanchis, Martin Vaskes, Michel va Migel Pardes katta hissa qo‘shishgandi. «Barselona»da esa chempionlik yurishi 4 mavsumga teng (1990/1991 - 1994/1995). «Barsa» bunga qadar ancha vaqt «Los Blankos»ga teng kelolmagan, 1988 yili tarkibga buyuk Yoxan Kroyffning qo‘shilishi bilan vaziyat o‘zgargan va Kataloniya jamoasi oradan ko‘p o‘tmay, ketma-ket 4 mavsum chempionlikni tantana qilgan.

Angliya (Birinchi  divizion/APL)  5ta jamoa - 3 karra  chempion

Eski davrni olsak, Angliya Birinchi divizionida ketma-ket 3 marta g‘alaba nashidasini surish bundan chamasi 100 yil oldin «Xaddersfild»ga nasib etgan (1923/1924, 1924/1925 va 19­25/1926). Taqdir taqozosiga qarangki, Uest-Yorkshir grafligi jamoasi shu-shu boshqa chempion bo‘lmadi. Keyinchalik «Xaddersfild»ning muvaffaqiyatli seriyasi ikki gigant tomonidan takrorlandi: avvaliga «Arsenal» (1932/1933, 1933/1934 va 1934/1935), ke­yinroq Bob Peysli shakllantirgan afsonaviy «Liverpul» (1981/1982, 1982/1983 va 1983/1984) Birinchi divizionda qatorasiga 3 martadan «oltin»ga burgandi.

Yangi davr, ya’ni APL yo‘lga qo‘yilganidan buyon esa bunday seriya yana 3 marta kuzatildi. Jumladan, «MYU» buyuk ser Aleks Fergyuson boshqaruvida 2 bora (1998/1999-2000/2001 va 2006/2007-2008/2009) qoyilmaqom «xet-trik»ka erishdi. O‘tgan mavsum yakunida esa Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»si ham tarixiy natijani takrorladi (2020/2021-2022/2023). Shu joyda «Manchester Siti»ning sobiq vakili Nedum Onuoxa so‘zlaridan iqtibos: «Murabbiy mavsum boshidanoq biror klub APLda qatorasiga 4 marta chempion bo‘lmaganini alohida ta’kidladi. «Trebl» masalasida ham xuddi shunday edi - ko‘pchiligimiz bunaqasini hayotimizda bir marta ko‘rdik. Chindan ham, hozircha APLda qatorasiga 4ta «oltin» olish biror klubga nasib etgan emas. «MYU» va «Arsenal» kabi jamoalar gegemoniyasini nazarga olsak, seriyaning 4 mavsumga cho‘zilishi Angliya futbolida katta voqea hisoblanadi. O‘ylaymanki, Pep bu borada birinchi bo‘lishni xohlaydi. Futbolchilar ham, albatta»

Germaniya (Bundesliga) «Bavariya» ketma-ket 11 karra chempion

Eslang, Myunxen superklubi o‘tgan mavsum finishida «Kumush lagan»ni Dortmund «Borussiya»si changalidan shundoq tortib oldi. Shu tariqa «Bavariya» chempionlik seriyasi bo‘yicha 1979-1988 yillar «Dinamo» (Berlin) tomonidan o‘rtanilgan rekord (ketma-ket 10 marta)ni yangiladi. Endi esa Xabi Alonso boshqaruvidagi «Ba­yer»ning qaysar yigitlari «Gollivud FK» gegemoniyasiga chek qo‘ymoqchi. To‘g‘ri, oldinda hali 10ta tur bor, lekin «Bayer» darhaqiqat, «Neverkuzen» laqabini nihoyat, «Chempionkuzen»ga almashtirish yo‘lida katta imkoniyatga ega.

Yurgen Kloppning chempionlik seriyalariga ta’siri haqida ham alohida to‘xtalish kerak. Zero, uning «Borussiya»si bo‘lmaganida, «Bavariya»da Bundesligadagi ketma-ket zafarli mavsumlar soni 13tani tashkil etardi. Angliyada esa Klopp boshqaruvidagi «Liverpul» xalaqit bermaganida, «Manchester Siti» qatorasiga 6 marta oltin medal yutardi. Boz ustiga, «shaharliklar» har safar eng yaqin ta’qibchini kamida 10 ochko darajasida ortda qoldirishardi.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 09.03.2024.
O'qildi: 2846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.