Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Boks. Lisenzion turnirda kecha barcha sportchilarimiz g‘alaba qozonishdi

Boks. Lisenzion turnirda kecha barcha sportchilarimiz g‘alaba qozonishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Italiyada davom etayotgan boks bo‘yicha Parij-2024 olimpiadasi uchun lisenzion turnirda kecha 4 nafar bokschilarimiz ringga ko‘tarilishdi.

-66 kg vazndagi bokschimiz Navbahor Hamidova musobaqadagi ikkinchi jangini niderlandiyalik Luna Amaro Beelooga qarshi o‘tkazdi. Yakunda esa iqtidorli vakilimiz raqibasini ishonchli tarzda 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

-75 kg vazndagi bokschimiz Aziza Zokirova ukrainalik Karolina Mahoga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda raqibasini mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

-92 kg vaznda g‘alabali seriya taqdim etib kelayotgan Lazizbek Mulojonov, navbatdagi jangini Togo davlati vakili Kevin Kuajoviga qarshi o‘tkazdi. Bahs yakunida esa bokschimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 5:0.

-63,5 kg vaznda bahs olib borayotgan bokschimiz  Ruslan Abdullayev ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Unga bu safar kosovalik Shpetim Bajoku raqiblik qildi. 2 raund davom etgan jangda Ruslan raqibini texnik nokautga uchratdi.

Shu tariqa, kechagi janglardan so‘ng to‘rttala vakilimiz musobaqaning chorak final bosqichiga chiqishdi:

-66 kg. Navbahor Hamidova - Luna Amaro Beeloo (Niderlandiya) — 5:0.

-75 kg. Aziza Zokirova - Karolina Maho (Ukraina) — 5:0.

-92 kg. Lazizbek Mulojonov - Kevin Kuajovi (Togo) — 5:0.

-63,5 kg. Ruslan Abdullayev - Shpetim Bajoku (Kosovo) — 2-raundda texnik nokaut.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:01, 10.03.2024.
O'qildi: 1772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.