-50 kg vazndagi bokschimiz Sabina Boboqulova Italiyadagi lisenzion turnirning hal qiluvchi bahsida yaponiyalik Rinka Kinoshitaga qarshi bahs olib bordi.
Hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba o‘zbek bokschisiga berildi. Shu tariqa, Sabina Parij-2024 olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.