Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Legionerlarimizdan daraklar: Biz bilgan o‘sha Shoma shunaqa!

Legionerlarimizdan daraklar: Biz bilgan o‘sha Shoma shunaqa!

Baho:
+ | -

Italiya. «A» seriya 28-turidan o‘rin olgan «Kalyari» — «Salernitana» o‘yini yaqindagina safga qaytgan Eldor Shomurodovga ataldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan terma jamoa­miz sardori 51 va 76-daqiqalarda «eski qadrdoni» Gilyermo Ochoani ikki marta dog‘da qoldirib, Sardiniya klubi g‘alabasida katta rol bajardi - 4:2. Shu tariqa Klaudio Ranyeri jamoasi nihoyat, xavfli hududdan ancha uzoqlashdi. Alohida aytish kerak, Eldor qatorasiga ikkinchi mavsum «A» seriyadagi debyut golini «Salernitana» darvozasiga urdi. Shuningdek, u Italiya chempio­natida 2-marta «dubl» qayd etdi. Sofascore Eldor Shomurodovga 8,5 ball qo‘ydi - bu o‘yindagi eng yuqori natija. Tabiiyki, Ranyeri uchrashuvdan keyin hamyurtimizni maqtadi: «O‘ta muhim g‘alaba. Oristiano va Shomurodov nihoyat, tiklanishdi. Ayniqsa, Eldor darhol sxemamizga moslashdi, lekin mentalitet borasida hali bunday emas. U jamoaga endi kirishayotgan pallada jarohatlangan edi. Muhimi, hozir juda zo‘r holatda. Texnik salohiyati kuchli, gol vaziyatini to‘g‘ri il­g‘aydi». Eldorning o‘zi esa mamnunligini yashirmadi, albatta. «Baxtiyorman, axir uzoq tanaffusdan keyin yana gol urdim. «Kalyari»ning g‘alabasiga hissa qo‘shganim esa ikki hissa quvonarli. Jarohat tufayli so‘nggi ikki oy og‘ir kechdi, faqat tezroq qaytish va jamoaga yordam berishni o‘yladim. Muhimi, murabbiy hamisha menga ishondi. Umid qilamizki, mavsum biz uchun yaxshi yakunlanadi», - deya hamyurtimiz so‘zlarini keltirdi centotrentuno portali.

Fransiya. «Lans» Liga 1 25-turida turnir jadvali pesh­qadamlaridan biri «Brest»ni qabul qilib, yagona gol evaziga g‘alaba nashidasini surdi. To‘liq 90 daqiqa to‘p surgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov himoyada jonkuyarligi bilan ajralib turdi va Sofascore tomonidan munosib baho oldi - 7,4 ball. Terma jamoamiz vakili shuningdek, 7-daqiqada sariq kartochka «ishladi».

Ispaniya. «Rayo Valyekano C» klubi «Aguilas Marokano» bilan o‘yinda na gol urdi va na qo‘yib yubordi - 0:0. Madrid jamoasi tizimida shug‘ullanayotgan iqtidorimiz Islom Kenjaboyev mazkur uchrashuvda asosiy tarkibdan joy oldi.

Rossiya. SSKA RPL 20-turida «Krilya Sovetov» mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq jamoa yetakchilaridan biriga aylanib ulgurgan Abbos Fayzullayev bu safar 77-daqiqadagina zaxiradan maydonga tushdi. «Rubin» aksincha, o‘z uyida «Pari NN»ga yutqazib qo‘ydi. Qozon klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov 0:1 hisobida xotima topgan bahsda to‘liq vaqt harakatlangan bo‘lsa, yarim himoya­chi Umarali Rahmonaliyev 74-daqiqada safga qo‘shildi.

Turkiya. Superliga 29-turi hamyurtlarimiz jamoalari uchun omadsiz keldi. Jumladan, «Rizespor» Husniddin Aliqulov to‘liq vaqt to‘p surgan bahsda chempionat karvonboshisi «Galatasaroy» maydonida naq 6ta gol qabul qilib, bunga ikki bora javob berdi. «Sivasspor» esa o‘z maydonida «Alaniyaspor»­ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Bunda mezbon jamoa safidagi Aziz Turg‘unboyev 1-65-daqiqalar oralig‘ida harakatlandi. «Qaysarispor» — «Xatayspor» o‘yinida kuchlar teng keldi - 1:1. Otabek Shukurov bu safar 76-daqiqada maydonga tushdi mezbonlar himoyachisi qizil kartochka olganidan keyin. Ya’ni ham­yurtimiz «Qaysarispor» himoyasini mustahkamlash uchun safga qo‘shildi.

Eron. Oston O‘runov mamlakat elit ligasi 19-turi ramziy jamoasiga kiritildi. Chunonchi, u «Fulad»ga qarshi kechgan uy uchrashuvi (4:2)da Eron ligasidagi debyut golini nishonladi. Terma ja-moa­miz vingeri masala hal etilgach, 90+1-daqiqada zaxiraga olindi. Ikki «Istiqlol» o‘rtasidagi bahsda esa Jaloliddin Masharipov va Doston Tursunov maydonda o‘zaro to‘qnash kelishdi. O‘yindagi yagona golga assistenlik qilgan Tehron klubi yarim himoyachisi 83-daqiqada o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib bergan bo‘lsa, Huziston jamoasi himoyachisi to‘liq vaqt maydonda bo‘ldi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Masharipovga «Istiqlol» rahbariyatining munosabati, ya’ni va’dalar bajarilmagani yoqmayapti. U hattoki, jamoaning yakshanba kungi mashg‘ulotlariga chiqmadii. Ta’kidlanishicha, tehronliklar hamyurtimizga uy va mashina va’da qilishgan. Bundan tashqari, futbolchining oilasi uchun Tehronga aviachipta ham olib berilmagan. Masharipov hamon mehmonxonada istiqomat qilmoqda. Aytish joiz, «Istiqlol» Pro-liga 20-turida O‘runovning klubi - «Persepolis»ni qabul qiladi. E’tiborli tomoni, «Tehron derbisi»da ayol hakam Mehsa G‘orbani VAR tizimida ishlaydi. Xullas, Eron futboli tarixida ilk marta ayol hakamga ishonch bildirildi. «Tehron derbisi» 13 mart kuni o‘tkaziladi.

Qozog‘iston. «Qayrat» Ibrohimxalil Yo‘ldoshev to‘liq 90 daqiqa to‘p surgan bahsda «Turan» maydonida gol urolmadi - 0:0. O‘zbekistonlik himoyachi 18-daqiqada ogohlantirilgan bo‘lsada, Sofascore portali tomonidan o‘z klubining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi - 7,5 ball. Mamlakat chempioni - «Ordabasi» esa QPL 2-turida «Atirau» mehmoni bo‘lib, oxirgi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi (1:1). Afsuski, Shimkent klubi yarim himoyachisi Shahboz Umarov 15-daqiqada jarohatlanib, safdan chiqdi, Jasur Yaxshiboyev esa 81-daqiqagacha to‘p surdi. «Qaysar» o‘z maydonida «Qizil-Jar»ga bas kelolmadi. 0:3 hisobi qayd etilgan uchrashuvda jamoa hujumchisi Shohnazar Norbekor 60-daqiqada zaxiradan tushdi. 

BAA. Liga kubogi 1/2 finali birinchi o‘yinida 1:2 hisobida yengilgan «Al-Vahda» javob uchrashuvida «Al-Vasl» darvozasiga javobsiz 4ta gol urdi. Hojimat Erkinov jamoasi shu tariqa final chiptasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston termasi vingeri javob o‘yinida 77-daqiqagacha maydonda bo‘ldi. Aytgancha, transfermarkt portali BAA chempionati futbolchilari transfer bahosini yangiladi. Diqqatni tortadigan tomoni, Amirliklarda o‘ynayotgan 4 nafar legionerimiz bahosi ham oshdi: 

Aziz G‘aniyev («Shabab Al-Ahli») - 3,5 mln. yevro (+500 ming yevro)

Hojimat Erkinov («Al-Vahda») - 800 ming yevro (+200 ming yevro)

Abdulla Abdullayev («Xorfakkan») - 800 ming yevro (+200 ming yevro)

Aziz Amonov («Xorfakkan») - 700 ming yevro (+200 ming yevro)

Aziz G‘aniyev ayni payt BAA­da o‘ynayotgan MDH mamlakatlari futbolchilari orasida eng qimmatbahosidir.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:53, 11.03.2024.
O'qildi: 2454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.