Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Muhsin Nizomiddinov: "Agarda ro‘za tutish futbolchilarga qiyinchilik tug‘dirsa, uni o‘ylab ko‘ramiz"

Muhsin Nizomiddinov: "Agarda ro‘za tutish futbolchilarga qiyinchilik tug‘dirsa, uni o‘ylab ko‘ramiz"

Baho:
+ | -

Pro liganing 1-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Qo‘qon-1912 (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida:

- Avvalambor, muxlislarimizni yangi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, yomg‘irli ob-havo bo‘lishiga qaramasdan, ikkala jamoaning yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani bilindi.

- O‘yindan avval "Qo‘qon-1912" favorit hisoblangandi, biroq uchrashuv davomida bunga guvoh bo‘lmadik. Jamoa ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydi...

- Yuqorida takidlaganimdek, ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Bellashuv davomida 5-6 ta xavfli vaziyat yarata oldik. Deyarli 80 daqiqa davomida yigitlar bir xil tempda to‘p tepishdi. Qolaversa, ob-havo hamda yo‘l charchog‘i o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

- Futbolchilarning ro‘za tutishiga qanday qaraysiz?

- Bu futbolchining o‘ziga bog‘liq. Xorijda musulmonlar og‘iz ochgach, kechqurun futbol o‘ynashadi. Ularda jismoniy holat va energiya yuqori darajada. Men yigitlarga bu borada buyruq bera olmayman. Agarda ro‘za tutish futbolchilarga qiyinchilik tug‘dirsa, uni o‘ylab ko‘ramiz.

- "Qo‘qon-1912" rahbariyati tomonidan jamoa oldiga aniq vazifa qo‘yilganmi?

- Yodingizda bo‘lsa, jamoani birinchi davra so‘ngida qabul qilib oldim. Yetakchilardan ancha ortda edik. O‘yinlar davomida tafovutni 1 ochkogacha qisqartirdik. Maqsadimiz — Superligaga yo‘l olish, shuningdek, infrastrukturani yaxshilash.

- "Mash’al" maydoni bugungi yomg‘irli ob-havoga tayyormidi?

- Chempionat boshida hamma maydon bir xil. Mavsum boshida maydonlar yomon holatda bo‘lmaydi.

- O‘tgan mavsum so‘nggi turida "Mashal"ni 4:2 hisobida mag‘lub etgansizlar. Bugun esa hisob ochilmadi. Mavsum avvali bo‘lgani uchun gol ko‘rmadikmi bugun?

- Ha. Bu holat Superliga jamoalarida ham kuzatildi. Dastlabki turlar og‘ir o‘tadi. Chunki futbolchilardagi jismoniy holat va o‘yin amaliyoti yetishmasligi seziladi. Vaqti kelib, bu o‘rniga tushadi" - dedi Nizomiddinov.

Kiritildi: 21:09, 12.03.2024.
O'qildi: 1181 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик