Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Pochettino: "Mudrik nima uchun asosiy tarkibdamas? Bu savolni menga emas, uning o‘ziga bering"

Pochettino: "Mudrik nima uchun asosiy tarkibdamas? Bu savolni menga emas, uning o‘ziga bering"

Baho:
+1 | -

Maurisio Pochettino nima uchun Mixail Mudrik asosiy tarkibda maydonga tushmayotganini tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik futbolchi 2024 yilda hali birorta ham asosiy tarkibda maydonga tushmagan. Oxirgi marta u dekabr oyida "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlagandi.

Pochettino bu boradagi barcha savollarni Mudrikga berish kerakligini, chunki asosiy tarkibdan joy olish kerakligini ta’kidladi.

"U juda yaxshi gol urdi. Haqiqatan ham juda zo‘r. Biz zaxiradan maydonga tushgan futbolchidan shuni istaymiz..

U maydonda o‘z o‘rnini egallashi va o‘ynashi mumkin bo‘lgan pozisiyalarda turli o‘yinchilar bilan raqobatlashishi kerak. Bu savol mendan ko‘ra ko‘proq unga tegishli", - dedi Pochettino Football London bilan suhbatda.

Kiritildi: 21:28, 12.03.2024.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.