"Inter"ning sobiq o‘ng qanot himoyachisi Maykon "Atletiko Madrid" bilan Chempionlar ligasi bahslari haqida fikr yuritdi.
"Raqib rostan ham ancha kuchli. Haqiqatan ham kuchli. Morata va Grizmanning imkoniyatlarini oldindan aytib bo‘lmaydi.
"Inter" birinchi o‘yinda ustunligini isbotladi, ammo ular o‘zlari loyiq bo‘lgan ikkinchi golni ura olmadilar, endi esa juda hayajonli muhitda minimal ustunlik bilan o‘ynashlari kerak", – dedi Maykon.