Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

FIFA 2025 yildan boshlab yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini har yili o‘tkazadi

FIFA 2025 yildan boshlab yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini har yili o‘tkazadi

Baho:
+-1 | -

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tashkilot kengashida qabul qilingan qarorlarni e’lon qildi.

FIFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionati 48 ta jamoaga kengaytiriladi va har yili (ilgari har ikki yilda bir marta) o‘tkaziladi.

2025 yildan boshlab yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati Qatarda bo‘lib o‘tadi. Ushbu reja 2029 yilgacha besh yilga mo‘ljallangan. Yosh ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati 24 ta jamoaga kengaytiriladi va har yili Marokashda o‘tkaziladi.

FIFA shuningdek, 2027 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkaziladigan joy tashkilotning may oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Kongressida aniqlanishini tasdiqladi. Braziliya, Belgiya/Germaniya/Niderlandiya (birgalikda), shuningdek, AQSH/Meksika mezbonlik huquqi uchun kurashmoqda.

Kiritildi: 22:17, 14.03.2024.
O'qildi: 2205 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик