Rustam Lutfullin boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi JCH-2026 saralash uchrashuviga tayinlov oldi.
Xabaringiz bor, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlarimiz JCH-2026 saralashi doirasidagi Yaman – BAA uchrashuviga tayinlov olgan edi.
Xuddi shu bosqich doirasidagi yana bir bahs — Pokiston – Iordaniya bahsini boshqarish vazifasi Rustam Lutfullin boshchiligidagi vakillarimizga ishonib topshirildi.
Qanotlarda unga Sanjar Shoyusupov hamda Alisher Usmonov yordam bersa, tailandlik Jumpaun Vivat zaxira hakami vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.