Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Vitaliy Levchenko: «Jamoada asosiy tarkib uchun raqobat borligi meni xursand qilmoqda»

Vitaliy Levchenko: «Jamoada asosiy tarkib uchun raqobat borligi meni xursand qilmoqda»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida o‘z maydonida "Metallurg"ni kichik hisobda mag‘lub etgan "Neftchi" klubi ustozi Vitaliy Levchenko, g‘alaba, raqib, tarkibdagi rotasiya va Toshmirzayevning o‘yini haqida fikr bildirdi.

"Juda qiyin kechgan bahsda g‘alaba qozona oldik. "Metallurg" juda yaxshi darajadagi jamoa. Umuman, raqiblarimiz so‘nggi bahslarda bizni puxta o‘rganishayotgani, o‘yinlarimizni jiddiy tahlil qilishayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bugun jamoam oxirigacha kurashdi, sabr qildi, o‘z vaziyatini kutdi va yakunda haqli g‘alabaga erishdik. Juda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

Meni xursand qilayotgan jihat – jamoada teng kuchli 20 nafar futbolchi bor. Asosiy tarkib uchun raqobat va kurash borligi xursand qilmoqda. Albatta, kimdir asosiy tarkibga kira olmasa, bunga salbiy qarashi va hafa bo‘lishi mumkin. Bu futbol. Normal holat. Biz futbolchilarga buni tushintirayapmiz. Asosiy tarkibda kim tushishi qiyin tanlov. Ammo, kim asosiy tarkibda tushsa ham, borini berib o‘ynamoqda.

Toshmirzayev ancha tezkor va harakatchan futbolchi. Unga ma’lum vazifalar berilgandi. Ammo, sariq kartochka olgani uchun tavakkal qilmadik va almashtirdik. O‘yin tempi yuqori ekani va uni yana ogohlantirilishi chetlatilishiga sabab bo‘lishini o‘ylab shunga qaror qildik.

Asosiy tarkibda maydonga tushayotgan ayrim futbolchilar borasida savollar bo‘lishi tabiiy. Ammo, mavsum uzunligi va ayni damdagi futbolchilar holati tarkib tanlashda muhim faktor hisoblanadi. Hali oldimizda uzun mavsum turibdi. Kubok uchrashuvlari bor. Tarkib tanlash uchun ko‘p omillarga tayanishga majburmiz.

Raqib tarkibida Shahzod Ubaydullayevning harakatlari yoqdi. "Neftchi"da o‘ynagani uchun darajasini yaxshi bilaman. Bugun ham bizning himoyachilarni qiynadi", — dedi Levchenko.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:58, 15.03.2024.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.