Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Eng fidoyi futbolchilar Bundesligada

Eng fidoyi futbolchilar Bundesligada

Baho:
+ | -

Yevropaning top-5 ligasi: Muayyan klubga bog‘langan futbolchilar...

CIES Football Observatory (Xalqaro sport tad­qiqotlari markazi) Yevropaning eng sara 5ta milliy ligasiga qarab, eng fidoyi futbolchilar reytingini shakllantirdi. Tushunarliki, bunda uzoq vaqtdan buyon 1ta klub bayrog‘i ostida to‘p surayotgan futbolchilarga e’tibor qaratilgan. Xo‘sh, hozirda kimlarni sadoqat namunasi sifatida ko‘rsatish mumkin?

«Bavariya»ning tolmas hujumchisi Tomas Myuller fidoyi futbolchilar reytingida pesh­qadamlardan biri. 34 yoshli faxriy naq 16 mavsumdan buyon Myunxen klubi bilan birga. Reyting­-ning 2-pog‘onasida qayd etilgan futbolchi ham Bundesligadan - Menxen­gladbax «Borussiya»si himoyachisi Toni Yanchke. Ya’ni uning fidoyilik seriyasi  ham 16 mavsumga teng. Faqat shunisi borki, Toni «Bavariya» vakilidan biroz yoshroq. Yevropa futbol markazi (top-5 liga)da 15 mavsumdan buyon 1ta klubga xizmat qilayotganlar soni 3 nafar bo‘lsa, ulardan ikkisi «Atletik»da: Iker Muniain va Oskar de Markos. Shuningdek, «Atletiko» faxri Kokening «matraschilar» formasini kiyganiga ham shuncha bo‘ldi.

Umuman, eng fidoyi 10 nafar futbolchi taqsimotiga qarasak, Ispaniya va Germaniyada faxriylarni o‘zgacha qadrlashlari ayon bo‘ladi: La Liga - 5 nafar, Bundesliga - 4 nafar, APL - 1 nafar. Demak, hozirgi holatda eng sadoqatli 10 nafar futbolchi orasida «A» seriya (Italiya) va Liga 1 (Fransiya)dan vakil yo‘q.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:59, 17.03.2024.
O'qildi: 1579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.