Madridning “Real” klubi himoyachisi Daniel Karvaxal Ispaniya chempionatining 29-turi doirasidagi “Osasuna”ga (4:2) qarshi o‘yinda hujumchi Vinisius Juniorning harakatlariga baho berdi.
Braziliyalik forvard o‘yinda ikkita gol urdi.
“Vinisius ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. U vaziyatlar yaratdi va gollar kiritdi. Junior ajoyib kurash olib bordi. Uni tabriklayman va shu ruhda davom etishini tilayman”, - dedi jamoa sardori.
Kechagi muvaffaqiyat evaziga madridliklar turnir jadvalida birinchi o‘rinni mustahkamlashdi. Vinisius La Liganing 20ta uchrashuvida 12ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.