Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Angliya kubogi. «MYU» 121-daqiqada urilgan gol evaziga «Liverpul»ni mag‘lub etdi

Angliya kubogi. «MYU» 121-daqiqada urilgan gol evaziga «Liverpul»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Angliya kubogining chorak final bosqichida «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuv dramatik ssenariy ostida o‘tdi.

Bahsning 10-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Skott Maktominey hisobni ochdi. 44-daqiqada esa mehmonlar futbolchisi Aleksis Mak Allister muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Muhammad saloh mersisaydliklarni oldinga olib chiqdi. O‘yinnig asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida «Yunayted» yarim himoyachisi Antoni hisobni tenglashtirdi — 2:2.

O‘yinga qo‘shib berilgan birinchi bo‘lim yakunlanish arafasida 20 yoshli Xarvi Elliott «qizillar»ni oldinga olib chiqdi. 112-daqiqada esa Markus Reshford yana muvozanatni tikladi.

Ikkinchi ekstra-taym tugayotgan paytda "Liverpul" katta kuch bilan oldinga tashlandi, ammo qarshi hujumda alamli gol o‘tkazib yubordi. Amad Diallo mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ammo Amad futbolkani yechgani uchun sariq kartochka oldi. Bu Diallo uchun ikkinchi ogohlantirish bo‘lgan uchun futbolchi maydonni tark etdi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» Angliya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.

Angliya kubogi, chorak final
Manchester Yunayted – Liverpul 4:3 (1:2, 1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 10 Maktominey, 1:1 – 44 Mak Allister, 1:2 – 45 Saloh, 2:2 – 87 Antoni, 2:3 – 105 Elliott, 3:3 – 112 Reshford, 4:3 – 120 Diallo.
Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Varan (Diallo, 85), Lindelef (Maunt, 105), Uan-Bissaka (Maguayr, 71), Brunu Fernandesh, Maktominey, Maynu (Eriksen, 80), Garnacho, Reshford, Xeylund (Antoni, 71).
Liverpul – Kellexer, Gomes (Simikas, 101), van Deyk, Kuansa, Robertson (Bredli, 76), Endo, Soboslai (Elliott, 72), Mak Allister, Saloh (Gakpo, 77), Dias (Klark, 114), Nunyes.
Ogohlantirishlar: Mak Allister (31), Brunu Fernandesh (45), Gomes (60), Kellexer (109), Diallo (116).
Chetlatish: Diallo (120+1).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:36, 17.03.2024.
O'qildi: 1922 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик