"Chelsi" yarim himoyachisi Kani Chukvuemeka kecha Angliya kubogi chorak finalida "Lester"ga qarshi o‘yinda penaltidan foydalana olmagan hujumchi Rahim Sterlingni qo‘llab-quvvatladi.
“O‘ylaymanki, Sterling tanqidni albatta bardosh bera oladi. Biz uning qanchalik yaxshi futbolchi ekanligini bilamiz. Bu mavsumda u ko‘p gol urdi, golli uzatma berdi va jamoa uchun ko‘p penalti ishlab oldi. Bunday chiqishlar xatolar hammada bo‘ladi. Axir u ham inson. Palmerga golli uzatmani Rahim berganini unutmaylik. U yosh futbolchilarga moslashishda katta yordam berdi", - deya Chukvuemeka so‘zlarini keltirmoqda Standard Sport.