Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superliga: Kimda qanday natija? Yohud statistikalar gapirganda…

Superliga: Kimda qanday natija? Yohud statistikalar gapirganda…

Baho:
+ | -

17 mart kuni O‘zbekiston Superligasida 3-tur o‘yinlari yakunlandi. Xabaringiz bor, har tur yakunidan keyin jamoalar qayd etgan statistikalar haqida ma’lumot berib bormoqdamiz. Bugun ushbu an’anani davom ettirgan holda o‘tkazilgan barcha o‘yinlardagi statistikalarga to‘xtalib o‘tamiz.

Turning dastlabki o‘yini Toshkentda “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘yin kutilmagan tarzda “temiryo‘lchilar”ning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda "Paxtakor” foiz to‘pga egalik qilib, “Loko” darvozasi tomon 13 bor zarba berdi. “Lokomotiv” esa 45 foiz to‘pga egalik qilib, 9 bor “serlar” darvozasi tomon zarba yo‘lladi.

“Paxtakor”13 bor zarba bergan bo‘lsa ham shularning 5tasi darvoza tomon aniq borgan. “Lokomotiv” esa yo‘llagan 9ta zarbasidan 4tasi darvoza sohasiga aniq borgan.

O‘yin davomida “Paxtakor” 4 bor burchak to‘pini amalga oshirdi. “Loko” esa 2 bor burchak to‘piga murojaat qildi.

Ushbu o‘yinda “Lokomotiv” darvozaboni juda ham ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Chunki Abdujalilov 5 bor seyf amalga oshirdi.

“Lokomotiv” futbolchilari o‘yinda juda ham qo‘pol tarzda harakat qilishdi. buni bosh hakam tomonidan “temiryo‘lchilar” futbolchilariga ko‘rsatilgan 4ta sariq kartochka ham ko‘rsatib turibdi.

Gollarga boy bo‘lgan o‘yinda “Lokomotiv” “Paxtakor” darvozasi tomon 91 bor hujum qildi. Shundan 55tasi xavfli chiqdi. “Paxtakor” esa “Loko” darvozasi tomon 94 bor hujum uyushtirdi. biroq, uyushtirilgan hujumlarning 52tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi xolos.

Keyingi o‘yin Farg‘onada “Neftchi” va “Metallurg” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda farg‘onaliklar so‘ngi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi va turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Ushbu bahsda “Neftchi” 54 foiz to‘pga egalik qilib, “Metallurg” darvozasi tomon 5 bor zarba yo‘lladi. “Metallurg” esa 46 foiz to‘pga egalik qilgan holda 6 bor “Neftchi” darvozasi tomon zarba yo‘lladi.

“Neftchi” darvoza tomon yo‘llangan zarbalar borasida ancha aniqlikni ko‘rsatdi. Chunki farg‘onaliklar yo‘llagan 5ta zarbasidan 4tasi darvozaga aniq bordi. Afsuski, bekobodliklar yo‘llagan 6 zarbasidan 1tasi darvoza tomon aniq bordi xolos.

Bu o‘yinda “Neftchi” 4 bor, “Metallurg” esa 5 bor burchak to‘pini amalga oshirdi.

“Neftchi” avvalgi bahslarda nisbatan kamroq hujum amalga oshirgan edi. Biroq ushbu bahsda farg‘onaliklar 102 bor raqib darvozasi tomon yurish qilishdi. Lekin ushbu uyushtirilgan hujumlarning 73tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi.

“Metallurg” bu o‘yinda 82 bor farg‘onaliklar darvozasi tomon hujum qildi. Lekin ushbu hujumlarning 59tasi xavfli tarzda amalga oshirildi.

Uchinchi bahs Jizzaxda “So‘g‘diyona” va “Olimpik” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda jamoalar jangovar tarzda durang (2:2) o‘ynadi.

Avvalgi turlarda “Olimpik” jamoasi ko‘plab muammolarga uchradi va hujum tashkil qilish, to‘pga egalik qilishda muammolarga uchradi. Biroq ushbu bahsda olimpiyachilarimiz 61 foiz to‘pga egalik qilishgan holda, 7 bor jizzaxliklar darvozasi tomon zarba berdi. Yo‘llangan zarbalarning 6tasi esa darvoza sohasiga aniq bordi.

“So‘g‘diyona” ushbu bahsda 39 foiz to‘pga egalik qilib, 8 bor “Olimpik” darvozasi tomon zarba yo‘lladi. Shuningdek, yo‘llangan zarbalarning 5tasi darvoza tomon aniq bordi.

Bu bahsda ham burchak to‘plari nisbatan ko‘proq amalga oshirildi. Chunki ikki jamoa ham 4 marotabadan burchak to‘piga murojaat qilishdi.

E’tiborli jihati o‘yinda ikki jamoaning ham darvozabonlari yaxshi harakat qilishdi. “Olimpik” darvozaboni Yo‘ldoshev 3 bor, “So‘g‘diyona” darvozaboni Mitrovich esa 4 bor seyf amalga oshirdi.

“Olimpik” futbolchilari yangi mavsumda qo‘pol tarzda harakat qilishmoqda. Buni bosh hakam tomonidan ko‘rsatilayotgan kartochkalar ham anglatib turibdi. Olimpiyachilarimiz o‘tgan ikki turda bittadan qizil olishgan bo‘lsa, bu o‘yinda 4 bor sariq kartochkaga loyiq ko‘rilgan.

Bu o‘yinda jamoalar nisbatan kamroq darvoza tomon yurish qilishdi. Buni statistikalar ham anglatib turibdi. “Olimpik” o‘yinda davomida 57 bor hujum uyushtirgan bo‘lsa (31tasi xavfli), “So‘g‘diyona” 66 bor hujum uyushtirdi (38tasi xavfli).

Yana bir o‘yin “Surxon” va “Andijon” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda ham andijonliklar chiroyli o‘yin ko‘rsatgan holda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda “Surxon” jamoasi 60 foiz to‘pga egalik qilib, 10 bor andijonliklar darvozasi tomon zarba berdi. Ushbu zarbalarning 6tasi esa aniq darvoza tomon yo‘llandi.

“Andijon”15 bor surxondaryoliklar darvozasi tomon zarba bergan bo‘lsa, shundan 9tasi darvoza sohasiga aniq yo‘llandi.

“Surxon” jamoasi ushbu o‘yinda yana ham ko‘proq to‘p o‘tkazib yuborishi mumkin edi. Biroq, surxondaryoliklar posboni 6 bor seyf amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

“Surxon” o‘yinda andijonliklar darvozasi tomon 85 bor yurish qildi. Ushbu hujumlarning 68tasi esa xavfli bo‘ldi. “Andijon” o‘yinda 64 bor surxondaryoliklar darvozasi tomon yurish qilgan bo‘lsa, shundan 47tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi.

Keyingi bahs Qarshida “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi statistikalarga to‘xtalsak, “Qizilqum”da ustunlikni ko‘rish mumkin. Chunki navoiyliklar 50 foiz to‘pga egalik qilgan holda 10 bor qarshiliklar darvozasi tomon zarba berishgan. Lekin “Nasaf” esa umumiy 5ta zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘lgan xolos.

“Qizilqum” 10 zarba berishga erishgan bo‘lsada, shundan 3tasigina aniq borgan xolos. Ammo "Nasaf" yo‘llagan 5ta zarbadan 3tasi darvoza tomon aniq borgan.

Navoiyliklar mehmonda o‘ynagan bo‘lishlariga qaramasdan ko‘proq vaqtlarini hujumda o‘tkazdi va 106 bor hujum uyushtirdi. Uyushtirilgan hujumlarning 67tasi esa xavfli tus oldi.

“Nasaf” ushbu o‘yinda nisbatan kamroq hujum qildi. Qarshiliklar 99 bor navoiyliklar darvozasi tomon yurish qilgan bo‘lsa, shundan 48tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi.

3-turda Qosimov va Abramov to‘qnashuviga guvoh bo‘ldi. Ushbu qarama-qarshilikda olmaliqliklarning qo‘li baland keldi (3:2).

O‘yin nisbatan teng kuchlar ostida o‘tdi. Buni to‘pga egalik qilish bo‘yicha statistika ham anglatib turibdi (50x50).

OKMK “Dinamo” darvozasi tomon 11 bor zarba berdi. Shundan 9tasi aniq tarzda amalga oshirildi. Samarqandliklar esa 10 bor zarba yo‘llashdi. Yo‘llangan zarbalarning 5tasi esa darvoza sohasi tomon aniq bordi.

3-turning oxirgi bahsi “Bunyodkor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahs kutilmagan tarzda yakunlandi. Chunki “qaldirg‘ochlar” o‘tgan ikki turda yirik hisoblarda mag‘lubiyatga uchragan edi. Biroq “Navbahor” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Bunyodkor” yaxshi harakat qildi va so‘ngi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi (2:2).

O‘yinda kutilganidek, “Navbahor” ustunlik qildi va 53 foiz to‘pga egalik qilib, 8 bor “qaldirg‘ochlar” darvozasi tomon zarba berdi. Lekin yo‘llangan zarbalarning 4tasigina darvozaga aniq bordi.

“Bunyodkor” ham ushbu o‘yinda Yusupov darvozasi tomon 8 bor zarba berdi. Biroq, “qaldirg‘ochlar”ning ikkitagina zarbasi darvoza tomon aniq bordi xolos.

Avvalgi bahslarda hujum tashkil qilishda muammoga duch kelgan “Bunyodkor” ushbu bahsda “Navbahor” darvozasi tomon 92 bor yurish qildi. Ushbu hujumlarning 38tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi xolos.

“Navbahor” o‘yin davomida 112 bor hujum tashkil qildi. Ushbu hujumlarning 71tasi esa xavfli tarzda tashkil qilindi.

Ko‘rib turganingdek, 3-turda bir nechta kutilmagan natijalar qayd etildi. Lekin ushbu natijalar orqali xulosa chiqarishga hali erta. Chunki mavsum endi boshlandi. Tabiiyki chempionlik uchun imkoniyati yuqori sanalgan jamoalar sekin-asta yana o‘z o‘rinlariga qaytib olishlari mumkin.

Ammo ko‘rinib turibdiki, boshqa jamoalar ham yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik qilgan. Shu sababli Superligada qiziqarli bahslar hali oldinda ekanligi odamni xursand qiladi.

To‘rtinchi tur juftliklari bilan tanishing:

28 mart:

“Dinamo” — “Metallurg”

29 mart:

OKMK — “Bunyodkor”

“Qizilqum” — “Lokomotiv”

30 mart:

“Andijon” — “Nasaf”

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona”

31 mart:

“Navbahor” — “Surxon”

“Olimpik” — “Neftchi”

Manba: std.uz
Kiritildi: 21:48, 18.03.2024.
O'qildi: 1911 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.