Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kimmix "Bavariya"ni tark etishga tayyor. Unga 5 ta da’vogar bor

Kimmix "Bavariya"ni tark etishga tayyor. Unga 5 ta da’vogar bor

Baho:
+ | -

Joshua Kimmix "Bavariya"ni tark etsa, beshta top-klubga o‘tishni o‘ylamoqda.

Nemis yarim himoyachisi yozda "Bavariya"ni tark etish haqida o‘ylayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Nemis jurnalisti Florian Plettenbergning yozishicha, agar mos taklif tushsa, "Bavariya" Kimmixni yozgi transfer oynasida sotishga tayyor.

Futbolchining o‘zi potensial xaridorlar bilan muzokaralarga ochiq, biroq bor-yo‘g‘i beshta klub takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor. Gap "Manchester Siti", "Liverpul", "Arsenal", "Real" va "Barselona" haqida ketmoqda.

Ta’kidlanishicha, yuqorida tilga olingan ba’zi klublar futbolchi bilan allaqachon bog‘lanishgan.

Nemis futbolchisi "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "PSJ"ga o‘tishni o‘zi uchun mos variant deb hisoblamaydi.

Futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Bundesliganing joriy mavsumida Kimmix 20 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 04:22, 19.03.2024.
O'qildi: 2997 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик