Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

«Real» nima uchun Enso Fernandes transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

«Real» nima uchun Enso Fernandes transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi shu yozda «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesni sotib olmaslikka qaror qildi.

Ispaniya klubi qimmatbaho argentinalik futbolchining ehtimoliy transferi haqidagi tinimsiz gap-so‘zlarga chek qo‘yish maqsadida hatto rasmiy bayonot ham e’lon qildi. Jurnalist Ramon Alvaresning xabar berishicha, «Real» rahbariyati va murabbiylar shtabi Fernandesni Federiko Valverde hamda Jud Bellingem bilan taktik jihatdan mos kelmaydi, deb hisoblamoqda. «Qaymoqranglilar» maydon markazidagi o‘yinni aynan urugvaylik va inglizlik futbolchilar atrofida qurishni rejalashtirishgan.

Transfermarkt portali Enso Fernandesning transfer bahosini 90 million yevroga baholagan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madrid grandi «Chelsi»ning boshqa bir a’zosi — chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyani o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Kiritildi: 12:54, 04.07.2026.
O'qildi: 3535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик