Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reshford Parijdan ko‘ra Manchesterni afzal ko‘radi

Reshford Parijdan ko‘ra Manchesterni afzal ko‘radi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford so‘nggi haftalarda "PSJ"ga o‘tishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq, ingliz futbolchisi agar taklif olsa, bu taklifni rad etish niyatida. Transfer News Live'ning Sun Sport nashriga tayanib xabar berishicha, Reshford "qizil iblislar" tarkibida qolishni afzal ko‘rmoqda.

2023/2024 yilgi mavsumda Markus Reshford 35 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va sheriklariga 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli futbolchini 60 million yevroga baholamoqda. Reshfordning amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 05:12, 19.03.2024.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик