Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Katanes Gongkongga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

Katanes Gongkongga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+2 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Gongkongga qarshi bo‘lib o‘tgan (2:0) o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Jamoamga bugungi ko‘rsatgan o‘yini uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Birinchi bo‘limda har qancha harakat qilsak ham gol kirita olmadik, biroq ikkichi bo‘limda agressivroq o‘ynab, 2 ta gol kiritishga erishdik. Raqib darvozaboni juda yaxshi o‘ynadi va bir qancha zarbalarimizni qaytardi. Bugungi natijadan qoniqdim, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik.

Eldor biz uchun juda muhim futbolchi. U men jamoada ishlab kelganimdan beri juda muhim gollarni urib keladi. U tarkibimizda bo‘lsa, raqiblar undan hayiqadi. Shomurodov Osiyo Kubogida biz bilan bo‘lolmadi, biroq musobaqa tarixda qoldi, endi u haqida gapirmaymiz.

Gongkongning boshqa jamoalarga qarshi o‘yinlarini kuzatmadim, biroq bugun biz yaxshiroq harakat qilganimiz aniq. Agar yaxshi o‘ynasangiz ham gol ura olmasangiz raqib birgina vaziyatdan foydalanib, gol urib yutib ketishi mumkin. Bunaqasi murabbiylik faoliyatimda bir necha bor yuz bergan. Agar o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmasak, mag‘lubiyatga uchrashimiz mumkin. O‘ylashimcha, bugun futbolchilarim o‘z darajasida harakat qildi. Gongkong ham bugun qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Ular Osiyo Kubogida Eronga qarshi o‘yinda yaxshi vaziyatlar yaratib, gol kirita olmagandi. Bugun biz ularga deyarli xavfli hujum tashkil qilish imkonini bermadik. Keyingi o‘yinlarda ham xuddi shunday o‘ynashga harakat qilamiz. JCH saralashining har bir o‘yini, ochkosi juda muhim. Shu sabab biz keyingi o‘yinlarda ham faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

Bugun biz harakat qilgan maydon o‘lchami biroz kichik ekan. Nega Eron Gongkongga qarshi normal maydonda o‘ynaydi, biz esa yo‘q. Bu haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak. Maydonning kichikligi rejalarga ta’sir qilishi mumkin edi, biroq bugun biz g‘alaba qozona oldik", - dedi Katanes.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:23, 22.03.2024.
O'qildi: 3747 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.