Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

"Bayer"da o‘ynagan yulduzlar: Kroos, Ballak, Berbatov...

"Bayer"da o‘ynagan yulduzlar: Kroos, Ballak, Berbatov...

Baho:
+ | -

"Bayer" ajoyib mavsum o‘tkazmoqda. Alonso shogirdlari hali birorta mag‘lubiyatga uchramagan va o‘zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g‘alaba qozonganishga da’vo qilmoqda. Bir paytlar Leverkuzen klubida o‘ynagan mashhur futbolchilarni bugun eslab ko‘ramiz.

Mixael Ballak (1999-2002, 2010-2012)

2002 yil Ballak faoliyatida juda yomon yil bo‘ldi. Yarim himoyachi "Bayer" bilan barcha sovrinlarni boy berdi, keyin esa jahon chempionatida kumush bilan kifoyalandi. Ballak uni 6 million yevroga sotib olgan “Bavariya” tarkibida yangi mavsumni boshladi. Myunxen klubi tarkibida Mixael uch karra Germaniya chempioni bo‘ldi va jami yettita sovrinni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng, nemis yulduzi futbolchisi "Chelsi" bilan yaxshi vaqt o‘tkazdi. Oltita sovrin va Chempionlar Ligasi finalida mag‘lubiyatga uchradi. 2010 yilda Ballak "Bayer"ga qaytdi va u yerda faoliyatini tugatgunga qadar, ya’ni 2012 yilgacha o‘ynadi.

Dimitar Berbatov (2001-2006)

Hujumchi 2001 yilda Germaniyaga ko‘chib o‘tdi va "Bayer" uning transferi uchun SSKA Sofiyaga 2,5 million yevro to‘ladi. Dastavval Berbatov zaxira o‘yinchisi bo‘lgan, uning muvaffaqiyat yili esa Leverkuzendagi uchinchi yili bo‘ldi. "Bayer" bilan so‘nggi ikki mavsumning har birida bolgariyalik futbolchi kamida 20 tadan gol urgan. 21 ta gol bilan u Bundesliga to‘purarlari ro‘yxatida Miroslav Klozedan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Forvardning yorqin o‘yini "Tottenxem"ning e’tiborini tortdi, u futbolchi uchun 15,7 million yevro to‘lagan. 2008 yilda Berbatov klub bilan Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan. Keyin Berbatov "Manchester Yunayted" bilan ikki karra Premyer-liga g‘olibiga aylandi. 2010/2011 yilgi mavsum yakunida (Karlos Teves bilan birga) boshqa ichki sovrinlar, ikkita Chempionlar ligasi finali va Premyer-ligada eng yaxshi to‘purar maqomi ham bor edi.

Arturo Vidal (2007-2011)

Vidal 2007 yilda "Bayer"ga kelgan. Bungacha u o‘zini Chili yoshlar terma jamoasi tarkibida ko‘rsatgan. Kanadada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida terma jamoa bronza medallarini qo‘lga kiritdi. "Bayer"ning sport direktori Rudi Vyoller shaxsan o‘zi Chiliga uchib, Vidalni "Bayer"ga o‘tishga ko‘ndirdi. “Bayer” bu transfer uchun “Kolo-Kolo”ga 5,2 million yevro to‘lagan.

Vidal Leverkuzenda ajoyib yillarni o‘tkazdi, ammo "Yuventus"ga o‘tgandan keyin (2011) jahon yulduzi maqomini oldi. Shundan so‘ng chililik futbolchi "Bavariya", "Barselona", "Inter" va "Flamengo" klublarida ham o‘ynadi.

Toni Kroos (2009-2010)

Nemis yarim himoyachisi 2009 yil boshida Leverkuzenga kelgandi. "Bayer" Tonini mavsum oxirigacha ijaraga oldi, keyin esa "Bavariya" bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirdi. Kroos Leverkuzenda juda munosib ko‘rindi: 48 o‘yinda 10 gol va 13 golli uzatma. Yosh futbolchining muvaffaqiyati e’tibordan chetda qolmadi va u Germaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi Jahon chempionati uchun Janubiy Afrikaga jo‘nadi. "Bayer" futbolchini sotib olishni o‘ylab ko‘rdi, ammo turnirdan so‘ng Kroos Myunxen klubiga qaytdi. Nemis futbolchisi 2014 yilgacha "Bavariya"da o‘ynagan, shundan so‘ng "Real"ga ketgan.

Dani Karvaxal (2012-2013)

Ba’zida Karvaxal butun faoliyatini "Real Madrid" tizimida o‘tkazgandek tuyuladi. Ammo 2012/2013 yilgi mavsumda ispaniyalik futbolchi "Bayer"da o‘ynadi. Nemis klubi himoyachini “Real Kastilya”dan 5 million yevroga sotib oldi, bir yildan so‘ng esa “Real”ning asosiy jamoasiga 6,5 million yevroga sotdi.

Leverkuzenda Karvaxal asosiy tarkibda mustahkam o‘ynadi (36ta o‘yin). U bitta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. "Real" tezda chora ko‘rdi va ispaniyalikni ortga qaytardi.

Madrid klubi tarkibida Karvaxal 22 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan, beshta Chempionlar Ligasi kubogi va uchta Ispaniya chempionatida. Dani hozir 32 yoshda va hali ham "Real Madrid" libosida.

Son Xin Min (2013-2015)

Koreyalik futbolchi "Bayer"ga 2013 yilda ko‘chib o‘tgandi. Uning "Gamburg"dan transferi 12,5 million yevroga tushdi. Son ikki yilni Leverkuzenda o‘tkazdi va 87 o‘yin o‘tkazdi (29 gol, 11 golli uzatma). 2015 yilda “Bayer” koreyalik futbolchini "Tottenxem"ga 30 million yevroga sotdi.

Son hamon “Tottenxem”da o‘ynaydi. U klubda bir necha bor mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan, to‘rt marta Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan va 2021/2022 yilgi mavsum yakunida Muhammad Saloh bilan birga liganing eng yaxshi to‘purariga aylangan.

Kay Havers (2016-2020)

Xavers 2010 yilda “Bayer” tizimiga kirgan, ammo 2016 yilda birinchi marta asosiy jamoada o‘ynagan. Havers “Bayer” tarkibida 150 ta o‘yin o‘tkazib, 46 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yosh futbolchining yorqin o‘yini "Chelsi" vakillarining e’tiborini tortdi. London klubi nemis futbolchisining transferi uchun 80 million yevro to‘lagan.

"Chelsi" bilan uch yil davomida Havers Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Chempionlar ligasi finalida "Manchester Siti" bilan o‘yinda (1:0) londonliklarga aynan Kay g‘alaba keltirdi. 2023 yilda Xavers bir poytaxt klubini boshqasiga almashtirdi. "Arsenal" nemis futbolchisini 75 million yevroga sotib oldi. U yerda Kay hozircha Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 13:24, 22.03.2024.
O'qildi: 2649 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.