Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

"Chelsi"ning taqdiri "Everton" va "Nottingem Forest"nikidan daxshatliroq bo‘lishi mumkin

"Chelsi"ning taqdiri "Everton" va "Nottingem Forest"nikidan daxshatliroq bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -1

Moliyaviy tahlilchi Xost Saymonning fikriga ko‘ra, agarda "Chelsi" APL qoidalarini buzganlikda aybli deb topilsa, klubning jamg‘argan ochkolaridan katta qismi olib tashlanadi. Todd Boeli 2022 yildan beri transferlar uchun 1 milliard funtdan ortiq mablag‘ sarfladi. Shunga qaramay, klublar APL foyda va barqarorlik kodeksiga asosan, bir yilda 105 million funtdan ortiq zarar ko‘rishi mumkin emas. Aynan mana shu qoidani buzganligi uchun "Everton" va "Forest" klublaridan ochko tortib olindi.

Kelayotgan yozda klubning yirik maosh egalari bo‘lgan Kepa va Lukaku jamoadan ketadi. Ularga Saudiyadan takliflar bor. Bu pul tejalishiga olib kelishi kutilmoqda. Ammo Yevrokuboklarsiz qolish, jamoaning foydasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday taqdirda Boelining yozgi rejalari chipakka chiqadi. "Chelsi" tez orada qimmat hujumchi xarid qilishni ko‘zlayotgan edi. Klubga qo‘llaniladigan jazo "Everton" va "Forest"nikidan ancha keskin bo‘ladi. Bu esa "Chelsi"ni APLda qolish masalasini kun tartibiga olib kelishi mumkin.

Ekspert bu borada shunday deydi: "Allaqachon "Chelsi"ning moliyasida yopish qiyin bo‘lgan tuynuklar paydo bo‘ldi. Bu tuynuk 55 million funtlik kamomad bilan boshlanadi. Garchand klub 48 million funt foyda ko‘rsa ham, Yevrokuboklarsiz qolish xavfi bo‘lajak kirimlarga zarar yetkazadi. Shu sabab 30 iyunga qadar "Chelsi" o‘ziga keraksiz futbolchilarni har qanday narxlarda sotishi kerak. Agarda futbolchilar sotuvidan 200 million funtga teng foyda ko‘rilmasa, keyingi yilning shu paytiga qadar "Chelsi"ni APLning eng quyi pog‘onalarida ko‘rishga majbur bo‘lamiz".
Bu shuni anglatadiki, ko‘rilgan ortiqcha zarar o‘rnini zudlik bilan qoplash kerak. Aks holda, APL "Chelsi"dan ochko tortib olishi mumkin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: newsnow.co.uk
Kiritildi: 12:23, 23.03.2024.
O'qildi: 1238 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.