Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Bavariya” himoyachilarining kelajagi qanday kechadi?

“Bavariya” himoyachilarining kelajagi qanday kechadi?

Baho:
+ | -

Nufuzli jurnalist Fabrisio Romano “Bavariya” himoyachilari bilan yuzaga kelgan vaziyat haqida fikr bildirdi.

Jamoaning markaziy himoyasidan 3 nafar futbolchi kelasi yozda ketishi mumkin.

"Upamekano? Ko‘p narsa yangi murabbiyga bog‘liq bo‘ladi. U bilan futbolchining kelajagi muhokama qilinadi.

Kim Min Je ham xuddi shunday, "Bavariya" uning munosabatidan mamnun. Matteys de Ligt ham ketishga yaqin, ammo hozircha hech qanday qaror qabul qilingani yo‘q", - deya Romanoning so‘zlarini keltiradi Caught Offside.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempionatida “Bavariya” peshqadam “Bayer”dan 10 ochko ortda qolmoqda. Joriy Bundesliga yakunlanishiga 8 ta uchrashuv qoldi.

Kiritildi: 14:45, 24.03.2024.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.