Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:30 Atletiko 3-0 Rayo Valyekano
25/04 00:30 Betis 5-1 Valyadolid
25/04 21:30 Al-Hilol 7-0 Kvangju
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi - Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Xorazm
26/04 19:00 Mash’al - Surxon
26/04 19:00 Brayton - Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl - Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton - Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton - Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona - Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) - Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino

"Manchester Yunayted" egalari Erik ten Xag o‘rniga 9 ta nomzodga ega. Nomzodlar ichida uchta APL murabbiyi bor

"Manchester Yunayted" egalari Erik ten Xag o‘rniga 9 ta nomzodga ega. Nomzodlar ichida uchta APL murabbiyi bor

Baho:
+ | -

"MYU" egasi Ser Jim Retkliff ten Xag o‘rniga Garet Sautgeytni olib kelmoqchi edi. Ammo Angliya termasi ustozi bu ishga qiziqmayotganini omma oldida e’lon qildi. Shunga qaramay, "qizil iblislar" rahbariyatida boshqa nomzodlar bisyor. Xabarlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" naq 9 ta murabbiy nomini ko‘rib chiqmoqda. Ro‘yxat bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

"ESPN" nashri bergan ma’lumotda aytilishcha, ro‘yxat avvalida "Brayton" va "Chelsi"ning sobiq menejeri Grem Potter keltirilgan. Potterning "Brayton"dagi o‘rinbosari Roberto De Zerbi ham radarda turibdi. Shuningdek, "Brentford" ustozi Tomas Frank nomi ham qayd etib o‘tilgan.
"Bavariya"ni mavsum oxirida tark etishi kutilayotgan Tomas Tuxel APLga qaytishi mumkin. Qolaversa, Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann ham ro‘yxatda bor.
"Real"da ishlab ketgan Yulen Lopetegi hamda Zayniddin Zidan varianti "MYU" rahbariyatining oldida turibdi. "Sporting" murabbiyi Ruben Amorim nomi ham yo‘q emas.

"ESPN" nashrining ta’kidlashicha, "MYU" o‘zining "tajovuzkor ishga olish siyosati"ni davom ettirsa, "Tottenxem" Anje Postekogludan ayrilib qolishi mumkin. Bu ehtimol haqiqatga yaqin. Negaki, "qizil iblislar" aksiyadori Retkliff yaqindagina "Manchester Siti"dan Omar Berradani olib kelib, uni klub ijrochi direktori lavozimiga tayinladi. Shuningdek, tez orada "Nyukasl" vakili Den Eshvurt "MYU"ga sport direktori sifatida olib kelinishi aytilmoqda.

"Manchester Yunayted"ni boshqarishni rad etgan Garet Sautgeyt bu haqida shunday degan edi: "Mening qarashlarimga ko‘ra, bu yerda ikkita variant bor. Birinchisi men Angliyani boshqarishni davom ettirib, jamoani Yevropa chempioni qilishga harakat qilaman. Ikkinchidan esa "MYU"ning murabbiyi bor. Uning oldida bunday fikrlar aytish, hurmatsizlik sanaladi. Qolaversa, men liga menejerlari ittifoqining prezidentiman. Shunday ekan, men Angliyani boshqarmasamda, o‘zimni ishim o‘zimga yetarli bo‘ladi".
Eslatib o‘tamiz, "MYU" navbatdagi turni "Brentford" bilan mehmonda o‘tkazadi.

 

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:52, 24.03.2024.
O'qildi: 3379 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz