"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Garri Maguayr Braziliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi.
Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv minimal 1:0 hisobida braziliyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Maguayr o‘z jamoasi uchun asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq 67-daqiqada almashtirildi.
Mail Online xabariga ko‘ra, 31 yoshli Maguayr tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, chunki futbolchi almashtirilganda oqsoqlanayotgan edi.