"Nyukasl Yunayted"ning yangi egalik ostidagi birinchi to‘liq mavsumi butun dunyoni hayratda qoldirdi, ammo 2023-24 yillardagi ishlar ko‘proq kurashga boy bo‘ldi.
Shuncha pul sarflab, biz Eddi Xou boshqaruvni qo‘lga kiritgan paytdagi ahvoli yaxshilanishini kutilgan edi - ligada 19-o‘rin, chempionshipga tushib ketish ehtimoli ham yo‘q emas.
«Magpiylar» Chempionlar Ligasi futboli va jarohatlar ro‘yxatiga ega bo‘ldi, bu esa klubga ancha qiyinchilk tug‘dirdi. Bosim juda katta bo‘ldi hamda bu bosimga bardosh berish qiyin kechdi.
Bu yozda ular yana sarflashlari uchun pulga ega bo‘ladilar va yana kimlarnidir jamoaga olib kelishi mumkin. Ammo Eddi Xau 6 nafar futbolchiga tayanib «Nyukasl»ni qayta qurishi kerak.
Bruno Gimarayesh
«Nyukasl»da hamma narsaga qodir Gimarayeshdek yarim himoyachi bor. Uning eng yaxshi fazilati nima ekanligini aytish qiyin: uning dunyoqarashi g‘ayrioddiy, uzatmaning og‘irligi zo‘r, u tez oyoqlarga ega, ongli, qat’iyatli, tajovuzkor va maqsad sari intiluvchan.
Bundan tashqari, u o‘z jarima maydonchasi va uning atrofidagi raqiblarini osongina dog‘da qoldira oladi.
"Real Madrid" yaqinda unga e’tibor qaratdi, shuningdek, braziliyalik Gvardiolaning ham radariga tushgan. «Nyukasl» esa iloji boricha Brunoni qimmatroqqa sotishga yoki jamoada saqlab qolishga harakat qiladi.
Aleksandr Isak
Dunyoga mashhur musiqa guruhi ABBA'ning "Gimme, gimme, gimme" qo‘shig‘iga hamohang:
Gimme, gimme, gimme a striker from Sweden
He’s our number 14 and he plays in attack
Gimme, gimme, gimme a striker from Sweden
First name’s Alexander and his last name’s Isak.
Isak - bu birozgina jumboq. Uzun bo‘yli, oyoq-qo‘llari ko‘pchilikning tanasidan uzunroq bo‘lgan hujumchi, shunga qaramay, uning oyoqlari mukammal muvozanatga ega.
Bunga faqat eng zo‘r hujumchilar egalik qiladigan darvoza oldidagi xotirjamlikni qo‘shing va «Nyukasl»da o‘zi xohlagan narsa bo‘la oladigan hujumkor charm to‘p ustasi bor.
Isak bu mavsumda bir oz yakkalanib qolgandek ko‘rindi, ammo u o‘ynagan har bir o‘yinda bittadan ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Agar sheriklari imkon qadar tez-tez unga to‘pni qanday qilib olish mumkinligini aniqlay olsa, liganing qolgan klublari katta muammoga duch keladi.
Lyuis Mayli
Mayli «Nyukasl»ning AQSHdagi mavsumoldi o‘yinlarida porladi, shuning uchun biz uni aynan shu futbolchini alohida ta’kidladik. O‘zimizcha bu qarorga kelmadik, sababi u haqiqatdan ham bunga loyiq.
17 yoshli futbolchi bu mavsumda asosiy jamoada ishtirok etishi kutilmagandi, yarim himoya chizig‘i bo‘yicha Sandro Tonali, Bruno Gimarayesh, Joelinton, Jo Uillok, Shon Longstaff va Elliot Anderson undan oldinda.
Tonali jarohatlar va mavsumiy diskvalifikasiya tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yubordi va yosh Lyuis o‘zini yarim himoyaning markazida sinab ko‘rdi.
U bu mavsumda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ymagan klubning kam sonli futbolchilaridan biri. Mayli bu mavsumda 1 ta gol urishga erishdi.
Tonali keyingi mavsum boshida qaytsa, markaziy yarim himoya pozisiyalari uchun raqobat qiyin bo‘ladi, ammo «Nyukasl» Mayli atrofida jamoa qurishi va uni zamonaviy bir klub futbolchisiga aylantirishi kerak.
Tino Livramento
«Nyukasl»ning ba’zi muxlis va mutaxxasislari «Sautgempton»dan 32 million funt-sterling evaziga olib kelingan futbolchining jarohat sabab mavsumning teng yarmini o‘tkazib yuborganidan havotirga tushgandi.
Kiran Trippye o‘tgan mavsumda klubning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri edi va asosiy tarkibda Jamaal Lasselyes yo‘qligida klubning de-fakto sardori edi.
«Nyukasl» hozir unchalik ahmoqona ko‘rinmaydi. Tino o‘yin vaqtini nisbatan oson o‘tkazdi, butun jamoaning jarohatlari bor, ammo bunga ularning himoyachilari ham kiradi.
Tino o‘ng qanot, chap qanot himoyada va hatto yarim himoyada o‘ynagan hamda u hamma pozisiyada o‘zini ko‘rsata olgan.
Kelgusi mavsum boshida Trippye 34 yoshga to‘ladi va Livramento uzoq muddatda yo‘llanmani qo‘lga kiritishga tayyor, ammo shu vaqtgacha u nihoyatda foydali futbolchiga aylandi.
Agar ular uni shu yozda sotib olishsa, u o‘tgan mavsumda unga to‘laganidan ko‘ra qimmatga tushishiga kafolat bor.
Entoni Gordon
Angliyalik futbolchi bu mavsumda «Magpiyes»ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Gordon «Nyukasl»dagi rolini aniqlash uchun yarim mavsum vaqt sarfladi, ammo hozir u Eddi Xauning almashtirilmas o‘yinchisi.
O‘yinchining mehnatkash, o‘ta shiddatli o‘yinlari jamoaga foyda keltirmoqda. U kelganidan keyin raqiblar qanot himoyachilari uchun haqiqiy muammoga aylandi.
Gordin ayni damda 23 yoshda, endigina Angliya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni qo‘lga kiritdi va agar kerak bo‘lsa, hujumchi sifatida ham markazda o‘ynay oladi.
Agar u va Isak rotasiya bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishsa, bu kelgusi mavsumlarda «Nyukasl»ning hujumi uchun poydevor bo‘lishi mumkin.
Sven Botman
Niderlandiyalik futbolchi endigina 24 yoshda va u yaqinda tizzasidan olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lsa, u keyingi o‘n yil davomida «Magpiylar» himoyasining markazini egallaydi.
Sven himoya markazida o‘zini yaxshi tutadi hamda raqiblari bilan yelkama-elka kurashlarga kiroladi.
Botman to‘p bilan ham ajoyib o‘yin ko‘rsatadi va o‘zining hamyurti Virjil van Deyk kabi qanotlarga uzatmalarni «uchira» oladi. Botman atrofida mudofaa qurilsa, shunda «Magpiylar» kelajagi haqida qayg‘urmasa ham bo‘ladi.