Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Yorn Andersen: «Futbolda hamma narsaning imkoni bor. O‘zbekistonga ijobiy natija uchun keldik»

Yorn Andersen: «Futbolda hamma narsaning imkoni bor. O‘zbekistonga ijobiy natija uchun keldik»

Baho:
+ | -

Gonkong terma jamoasi bosh murabbiyi Yorn Andersen O‘zbekistonga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men Srechko Katanesga sog‘liq va omad tilayman. Biz Germaniya chempionatida bir-birimizga qarshi o‘ynaganmiz. O‘sha paytda u «Shtutgart»da, men esa «Ayntraxt»da faoliyat yuritganman. Umid qilaman, u tezroq sog‘ayadi.

Katanesning yo‘qligi katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ammo o‘yin paytida bosh murabbiy muhim, ammo uning murabbiylar shtabida yaxshi mutaxassislar bor.

Katta futbol mamlakati bo‘lmagan biz kabi jamoalar uchun Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynash oson bo‘lmaydi. O‘zbekiston FIFA reytingida Osiyo jamoalari orasida 8-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston o‘z o‘yini orqali Yevropaning yaxshi jamoalari bilan raqobatlasha oladi.

Biz Gonkongda o‘tkazilgan ilk o‘yinga yaxshi  tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqibga qarshi to‘g‘ri taktika qo‘llagan holda tajokuzkor o‘ynab, bo‘sh hudud qoldirmaslikka intildik. Futbolda barcha narsaning imkoni bor. Biz bu yerga ijobiy natija uchun keldik.

Gonkong uchun O‘zbekiston va Eron kabi jamoalarga qarshi o‘ynash oson emas. Ammo biz bularga qarshi o‘yinlarda ko‘p narsa o‘rganyapmiz. Biz yanada yaxshiroq o‘ynashimiz va maydonda jang qilishimiz kerak.

Kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlar saviya borasida bizga yaqin bo‘lgan raqiblarga qarshi bahslarda bizga qo‘l keladi. Bizni qiyin o‘yin kutib turibdi, ammo futbolchilarda motivasiya yuqori va biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.

Bu ajoyib mamlakat kelganimizdan xursandmiz. Mashg‘ulot uchun bizga taqdim etilgan maydon sifatidan qoniqish hosil qildik", — dedi norvegiyalik mutaxassis.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:06, 25.03.2024.
O'qildi: 1423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.