Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ota-onasi o‘zbekistonlik bo‘lgan Ilya Malinin figurali uchish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Ota-onasi o‘zbekistonlik bo‘lgan Ilya Malinin figurali uchish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Amerikalik figurali uchuvchi Ilya Malinin erkin dasturda jahon rekordini yangilab (227,79 ball), jahon chempioniga aylandi.

Ilya Malinin bir necha bor O‘zbekiston chempioni bo‘lgan figurali uchuvchilar Tatyana Malinina va Roman Skornyakov oilasida tug‘ilgan.

Amerikalik figurali uchuvchi Ilya Malinin erkin dasturda jahon rekordini yangiladi va jahon chempioni bo‘ldi.

Kanadada o‘tgan jahon chempionatida Malinin to‘rtta aylanali sakrashni olti marta amalga oshirdi: avval to‘rtlik aksel, keyin uch marta yakka to‘rtlik (lus, rittberger, salxov) sakrashlarini amalga oshirdi.

Uning erkin dasturdagi muvaffaqiyati hakamlar tomonidan 227,79 ballga baholandi va bu yangi jahon rekordi bo‘ldi.

“Mening miyamda bir oz ovoz bor edi: nima bo‘lishidan qat’iy nazar, siz kurashishda davom etishingiz kerak, o‘zingizni qanchalik yomon his qilsangiz ham, qobiliyatingizga shubha qilmasligingiz kerak”, — dedi Malinin g‘alabadan so‘ng.

Ilya Malinin 2004 yilda AQSHning Virjiniya shtatida o‘zbekistonliklar oilasida tug‘ilgan.

Tatyana Malinina – 1999 yilda o‘tkazilgan ilk to‘rt qit’a chempionati g‘olibi, o‘sha yilgi Gran-pri finali g‘olibi, 10 karra O‘zbekiston chempioni (1993–2002), 2002 yilgi Qishki olimpiada ishtirokchisi hisoblanadi.

Roman Skornyakov – ikki karra O‘zbekiston chempioni (1997, 2003), 1998 va 2002 yillarda Qishki olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:03, 25.03.2024.
O'qildi: 1329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.