Ispaniya terma jamoasi qanot hujumchisi Lamin Yamal Braziliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng (3:3) o‘z fikrlarini bildirdi.
"Jamoa har qanday raqib bilan raqobatlashishga qodir ekanligini ko‘rsatganidan xursandman. Maydon va raqibdan qat’iy nazar xotirjam o‘ynashga harakat qilaman", - deya 17 yoshli futbolchi so‘zlarini keltirdi Marca.