Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Xorijga transfer yaxshi, faqat...

Xorijga transfer yaxshi, faqat...

Baho:
+ | -

Bilasiz, Osiyo kubogi arafasida va turnirdan keyin bir qator futbolchilarimiz xorij klublari bilan shartnoma tuzishdi.

Xalqaro transferlar yaxshi, albatta. Biroq bu safar jarayonda boshqa bir muhim omil katta rol o‘ynadi, menimcha. Ya’ni milliy jamoamizning ba’zi futbolchilari Osiyo chempionatiga klublardan ayro holda borishdi. Oddiy aytganda, legionerga aylangan vakillarimizda klublari bilan shartnoma muddati yakunlangan edi. Ayni shu omil ham xorij jamoalarini rosa «qizdirgan» bo‘lsa, ajabmas. Har holda, klublarimiz aksariyat futbolchilar uchun chet elliklardan sariq chaqa ham olmadi. Faqat Hojimat Erkinov bundan mustasno. Shunda ham uning transferi ortidan Rossiya klubi pul oldi.

Demak, O‘zbekiston klublari transfer yo‘nalishida hali izlanishi, futbolchilar bilan tegishli tartibda manfaatli tarzda shartnoma tuzishni o‘rganishi lozim. Qishda amalga oshgan eksport-transferlar haqida gap ketsa, faqat ikki jihatdan quvonish mumkin. Birinchisi, yetakchi futbolchilarimiz o‘z mamlakatida kuchli sanalgan obro‘li klub-lar (masalan, «Persepolis», «Istiq-lol»)ga ketishdi. Demak, ular o‘zlarini qoniqtiradigan yuqo-ri maoshga ega bo‘lishadi. Ikkinchi jihat (yanada muhimrog‘i), legionerlarimiz o‘sha Eron, Turkiya va BAA chempionatlarida haqiqiy raqobat doshqozoni ichiga tushishdi va hozircha zarur amaliyot olishmoqda. Bunisi endi milliy jamoamiz foydasiga xizmat qilishiga ishonch katta. Deylik, Aziz Turg‘unboyev bu yil ham «Paxtakor»da qolganida, katta ehtimolki, o‘sish uchun motivasiya topolmasdi. Turkiya Superligasida esa xohlasa-xohlamasa, yangi darajaga intilishi turgan gap.

Umuman olganda, milliy chempionatimizning futboli rivojlangan mamlakatlar ligalariga legioner eksport qilishi har tomonlama ijobiy holatdir. Zero, ketganlar malakaliroq murabbiylar qo‘l ostida, kuchli raqobat sharoitida o‘z mahoratlarini oshiradilar. Milliy jamoamiz ustozi Srechko Katanes o‘z klublari zaxirasida o‘tirgan legionerlarni ham hech cho‘chimay maydonga tushiraverishi boi­si ham shu. Xulosa aytganda, o‘zbek legioni milliy futbolimizning xorijdagi yuzi hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, terma jamoamiz qancha yaxshi o‘ynasa, legionerlarimiz shuncha ko‘payadi. Legionerlarimiz ko‘paygani sari esa milliy jamoamiz o‘yinlarida yangi chizgilar ko‘zga tashlanaveradi. Xullas, hammasi yaxshi. Faqat shunisi ham borki, bunday transferlardan klublarimiz oz-moz pul ishlashni o‘rganishi ham muhim. Bunisi endi jamoalarning moliyaviy quvvat olishi uchun zarur. Moliyaviy quvvat esa o‘z-o‘zidan Superliga rivojiga xizmat qiladi.

Sobirjon  MUSABOYEV, Chortoq shahri

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:07, 27.03.2024.
O'qildi: 1186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик