Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

«Bavariya» Devisga ultimatum qo‘ydi

«Bavariya» Devisga ultimatum qo‘ydi

Baho:
+1 | -

“Bavariya”ning kanadalik himoyachisi Alfonso Devisning vakili Nedal Xuose futbolchining kelajagi haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Devis “Real” e’tiborini tortgani haqida xabar berilgan edi.

“Bavariya" bizga ultimatum qo‘yayotgani adolatsizlik. Futbolchining kelajagi to‘g‘risida mavsum so‘ngida qaror qilamiz. Hozir Alfonsoga tazyiq o‘tkazilayotgani adolatdan emas. Bir yil oldin biz kelishuvga yaqin edik. Keyin klubning butun rahbariyati o‘zgardi. Biz yetti oy davomida hech narsa eshitmadik. Vaholanki, bu vaqt ichida men o‘zim klub bilan bog‘lanishga harakat qildim.

Endi bizga ultimatum qo‘yildi va biz ikki hafta ichida javobimizni aytishimiz kerak ekan. Bu — adolatsizlik. Keyingi shartnoma Alfonsoning faoliyatida juda muhim bo‘ladi va biz kelasi mavsumda murabbiy kim bo‘lishini va jamoa qanday ko‘rinishda bo‘lishini bilmay turib bir qarorga kelishimiz kerak. Shuning uchun bizning oldimizga qo‘yilgan ultimatumni adolatsiz deb hisoblaymiz”, — deya Xuosening so‘zlarini keltiradi Insayder Fabrisio Romano X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

Alfonso Devis 2000 yilda tug‘ilgan va hozirgi kundagi eng kuchli himoyachilardan biri hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:43, 28.03.2024.
O'qildi: 1660 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик