Premyer-liga bolboylar(to‘pni yetkazib beruvchi bolalar)ga o‘yin vaqtida to‘pni o‘yinchilarga qaytarishni taqiqladi.
Bundan buyon o‘yinchilar to‘pni maydon chizig‘i yaqinida joylashgan eng yaqin maxsus stendlardan biridan o‘zlari olishlari kerak bo‘ladi.
Premyer-liganing qarori mezbon jamoaga ustunlik bermaslik bilan bog‘liq bo‘lib, uning to‘p egalari o‘yinchilarga to‘pni qaytarishda ataylab manipulyasiya qilishlari mumkin edi.